Kurbanov Sardor - Hadi. O’zbek tilida стр 5.

Шрифт
Фон

Shu kungacha bolgan hayotdan kora, agar inson zoti togri yashashga amal qilsa, undan ham zoriga erishishadi, etibor berilsa, shu yerda ham insonlar koplikda nomlanyapti. Bu kimdirni qolidamas, bu har bir insonni qolida. Togri balki, gapirishar, faqat togri yashagan bilan hayot yaxshi bolib qolmidi deb, balki bu togridir, bu ham har bir insonni qolida. Yana boshqa misol, bu safar boshqa «avtorlik misoli korinishida ham bu narsani bilib olsa boladi, gaplar togriligini. Kim bolsa ham, togri diyishdan boshqa iloj yoq. Xullas, bir kun bitta odam Hudodan jannat bilan dozoxni korsatishini, nima farqi borligini iltimos qilib sorabdi. Hudo uni bitta honaga olib borib, kirgizib korsatibdi, u yerda katta dumaloq stol va stolni ichida katta kosada ovqat bor ekan, atroflarida esa odamlar otirishgan ekan va ularni qollariga kattalik qiladigan, uzun qoshiq berib qoyilgan ekan. Har qancha ovqatni olib yeyishga harakat qilishmasin, oxshamas ekan, chunki qoshiq juda uzun ekan va odamlar uni yeyish tugul, ogzini oldiga olib kelishi «muommo» ekan. U yerdan chiqishibdi va ikkinchi honaga kirishibdi. U yerga kirib korishsa, osha manzara, katta stol, ortasida katta kosada ovqat, stol atrofida odamlar, qollarida uzun qoshiqlar. Hudoni yonidagi odam, shoshilib sorabdi, qani jannat, qani dozox, ikkalasi ham bir xil manzaraku deb. Shunda Hudo yaxshilab qara, deb yana osha tomonga qaratibdi. Qarasa bu gal odamlar bemalol ovqat yeya olishayotgan ekan, albatta ozlarimas, bir  birlarini toydirib, ovqat yedirib otirishgan ekan. Keyin Hudo aytibdi, birinchi korganing dozox, bu esa jannat deb. Bu yerda xulosa, shundoq korinib turibdi. Qoshimcha sifatida aytish mumkin, samimiylik, birlashish, bir  birini yolgiz qoldirmaslik, «egoistlikni oylayvermaslik va xullas va xullas. Hatto hayotda bazi bir insonlar uchrab turadi, osha umuman tushunmasdan qolidagi qoshiqni ayblashadi, uni ushlab turgan qollarnimas, uni boshqarib turgan ongnimas, muddo qilib aytganda ozinimas.

Balki bazilar hisoblagandek, taqdir oldindan yozilgan bolar, lekin, bu fakt deganimasu. Aytilib turganidek, bazilar hisoblagandek. Insonalarga kichkina sabab berilsa bas, boshlashadi har xil savollar bilan ozlarini qiynab. Albatta hamma ham unaqa emas, shunaqalar boladi, yangi umid, yangi ishonch, yangi chidamlilik va boshqa yangi hayotni yaxshilashga qodir narsalar bilan yashashadi, bu narsalarni keyingi «roundga ham tayyorlab qoyishadi. Ha, hayotda «round lar kop, mayda narsalarga taslim bolmaslik kerak. Hayot shunisi bilan hayot. Unda yosh tokish balki kerakdir, biroq bunga ozining berilgan vaqti bor. Baxt, degan abstrakt bolsa ham, shu tushuncha tomon yugurishmasu, lekin yurish kerak, ja bolmasa emaklash kerak, asosiysi harakat, harakat bolgandan song «progress yuzaga keladi. «Progressdan song yana «progress, togri bazida qarama  qarshisi ham bolib turishi mumkin, lekin bu kutilgan holat, chunki bunaqa minuslar har doim, hamma yerda uchraydi. Hayot shunisi bilan hayot.

Savol, sarob hayotda yashagan yaxshimi yoki shu sarobni haqiqatga aylantirganmi??? Albatta bu ham, har bir insonni qolida. Sevgini kimdir yomonlasa, kimdir yaxshilaydi. Odamzodning psixologiyasi shu. Shu kungacha har xil savollar berilgan, albatta shu tuygu haqida, sevgi ozi yaxshimi yoki yomon? Sevgi ozi bormi? U kerakmi? Nima u va shunga oxshash savollarni misollar qilsa boladi. Togri, bu savollar boshqalar tomonidan ortaga ancha oldinlari ham tashlangan, tashlanib kelyapti, buyogiga ham tashlanadi. Ha, siyqasi chiqib ketishga ulgurib bolgan savollar deyish mumkin, lekin boshqa korinishdagi javoblar zarar qilmaydi. Bazilar sevgi bu baxt diyishsa, bazilar azob diyishadi, balki ikkalasidir, balki bir vaqtni ozida ikkalasi, hammasidir. Bu tuygu abstrakt tuygu ekanligi malum. Bunaqada boshqa tarif kelib chiqadi, korinmasdan turib, korinadigan darajada baxtli yoki baxtsiz qiladigan tuygu. Ha, bu tuyguni korib bolmaydi, ushlab bolmaydi, ammo juda yaxshi va juda yomon his qilsa boladi. Agar insonlar, «bu bizga bogliqmas diyishsa, ular yana bitta hato egasi ekanliklarini isbotlab berishadi. Axir tepadan insonlarga, san baxtli bolasan, sani sevging oxshamadimi, demak ozingni oldir, sani sevgiling sani tashlab ketishi kerak va shunga oxshagan har xil buyruqlar kelmaydiku. Har bitta inson, oz hayoti, oziga havola qilinib yaratilgan. Buni ular qabul qilishlari kerak, qabul qilmasa shu boshqa goyalarni ketidan yashashda davom etishadi, albatta bu goyalar yaxshi bolsa, uyogi ham yaxshi, teskarisi bolsa, teskarisi boladi. Bunaqa haqiqatlarni tushunishga, insonlar ozlarini oldirishlari shartmasku. Odamzodning tabiati bazida, notogri programmalashtirilgan kompyuterga oxshab ketadi, notogri programmalashtirish orqali boshqa narsalar ham notogri yechilib, notogri yakun topadi. Albatta, bu programmalashtirish Hudo tarafdan emas, U programmalashtirishni alo darajada qilgan. Odam zotining ozlari shu yerda, shu olamda alohida programmist hisoblanishadi. Notogri olingan narsalarni, yani bilim, dunyoqarash, fikrlash va hokozo, deb «Тупизм» (jinnilik) ga duchor bolishadi.

Bu faqat sevgidamas, boshqa sohalarda ham korinadi va huddi shu ahvol takrorlanadi. Bu yerda ham bu tuyguni, yani osha sevgi, muhabbatni ozida his qilishi uchun, boshqa tushuncha, ishonch kerak boladi. Boshqacha qilib aytganda, bitta inson shu boshqa insonni yoqtirib qoladi, albatta bazilari bitta korishda, bazilari asta  asta, nima bogandayam buni aynan shu tuygu ekanligiga ishonishadi va bazida bazilari notogri qilishadi. Bazilar usiz hayot yoq deb ishonishadi, etibor berish kerakki, bilishmaydi, shunchaki ishonishadi. Ishonch bu yaxshi narsa, lekin uni togri yonaltirishni bilganlargina yana shu kuchga ega bolishadi. Shuni ham aytish kerakki, bilib turib ishonish boshqa, bilmasdan turib ishonish boshqa, togri unda ishonch nimaga kerak unda? degan savol paydo bolishi mumkin. Ammo javob, osha ishonchni togri yonaltirishni bilish kerak. Osha boshqacha fikrlashli insonlarga ham savollar bor, nega ularga har doim sodiq va muvaffaqiyatli bolgan tuyguni yoq qilishlari kerak? Nega ishonchni ishonchini suvistemol qilishlari kerak? Nega bitta abstrakt tuyguni deb, boshqa abstrakt bolsayam, ozlari uchun ancha qadrli narsadan voz kechishlari kerak? Togri endi ham, bunaqa darajadagi yomon voqealarni rivojlanishigacha boravermaydi, bazilaridir, lekin, bunaqa korinishda ketaversa, bu bazilardan koproq ham bolib ketishi mumkin. Mumkin deyilganini sababi, har doim umid bor yaxshilashga degani, faqat bu ham shu insonlarning qollarida. Ozini ozi oldirish shartmi? Butun umrini nimadandir quruq qolganday otkazish shartmi? Azob chekishga ozini majbur qilish shartmi? Bitta narsaga boglanib qolishi shartmi? Javobi oddiy, shartmas. Ishonch borasida gapiriladigan bolsa, osha bittasi uchun berilgan yo atalgan ishonchni, boshqasi uchun ham atash mumkin. Bu yerda ham ishonchni roli bor. Kimdirlar hamma ham bir xilmas, hamma har xil, degan gapni ortaga tashlashi mumkin, togri hamma har xil, hamma bu dunyoda ozining «original ligi bilan bir  biridan ajralib turishadi. Lekin ishonch hammada bir xil, ishonch bilan faqat bu tuyguni «nazorat qilsamas, boshqa narsalarga ham erishsa boladi. Bu yerda ham, osha abstrakt bolsa ham, qudratli kuchga ega va qudratli kuchga erishtiradigan «ishonch degan narsa kerak.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора

1001
0 5