Bu hayotda, anglash kerak bolgan savol va javoblar juda kop, anglab olishga vaqt kam. Insonlar orasida «Sirning siri samimiyatda» degan gap aylanib yuradi. Togri deyishdan boshqa iloj yoq, chunki hech qanaqa gina, arazsiz, samimiylik bilan kechgan hayot jannat «versiyasining kopiyasidir». Tan olish kerak soxtalik hamma yerda mavjud, yani mavjud bolib kelgan, mavjud bolib ketadi ham. Sabab, insonlar. Ozlari ham shu narsaga sababchi bolishadi, inson baxtga ham, teskarisiga (baxtsizlikka) ham erishishi uning oziga bogliq. Xullas, agar insonlar uni yoqotmasa yoki yoqotishga harakat qilmasa, shu vaqtinchalik hisoblangan «lekin», bir umrlikni kushandasi, desa ham boladi. Xullas, osha insonlarni yoq qilib tashlaydi. Bu oddiy korinib turgan narsa va miyaga kirishi ham oddiy. Buyam insonlarni oziga bogliq.
Agar insonlar hayotidagi asosiy narsaga erishishmoqchimi, oldin osha asosiy narsani aniqlab olishlari kerak. Togri aniqlamasa ham boladi, buyam albatta insonlarga bogliq. Maqsad hamma insonga tanish narsa hisoblanadi, biroq maqsad hamma insonda ham bolavermaydi. Agar insonda maqsad bolmasa, bu hayot shunchaki, hech qayerga chiqib bolmaydigan xonaga oxshab qoladi, yani shu xonadan ortiq hech qayerga chiqolmaydi, tort devorni ichida hamma hayotini kechiradi, lazzatiniyam, azobiniyam deyilardiyu, lekin bu shartmas, chunki shu tort devorni ozi bir azobni turi. Xullas, tashqariga chiqib korsa, undan ham zor hayot uni kutib turganini bilmaydi, bilsayam harakat qilmaydi. Tashqariga chiqish unaqa katta narsani talab qilmaydi, shunchaki bitta ikkita qadam va olam guliston. Hamma inson maqsadni turlicha tushunishi mumkin, buni aybli tarafi yoq, hamma ham tajribaga birdan erishib qolmaydi. Tajribaga sekin asta erishiladi. Tajribasiga ishongan inson, reallikni realikdan ajratib olgan va shunday davom etayotgan inson hisoblanadi. Maqsadni qaytadan korib chiqilsa, uni avvalambor oldin ajratib olish kerak, savol paydo bolar. Nimadan? Deyilsa misol uchun, havasdan, xayoldan, orzudan va shunga oxshagan hayotni inson uchun qoygan chalgituvchi ja qopqon yoki tuzoq deb bolmaydiyu, lekin yollaridan.
Maqsad deb orzuni, orzu deb maqsadni adashtirishni ozi hato yol. Misol tariqasida, u hali tugilmagan chaqaloqqa oxshaydi, undan keyin maqsadga togri yonalish berish, yani ismi yoq chaqaloqqa oxshaydi agar yonalish berilmasa, tugilganu, ism olmaganga. Bu hayot rostakam boladimi yoki abstrakt, buni farqi yoq, farq shuki, inson ozligini bilib olishi kerak, agar azgina bolsa ham bu haqida bosh qotirmasa, hayotida oziga faqat zarar berib yashaydi. Ozligini bilmagandan song, inson uchun har xil yollar oldida turadi, yaxshi va yomon ham shular toifasiga kiradi. Bu aytilmoqchi bolgan narsa, hech kim yaxshi yo yomon bolib tugilmaydi. Osha nima hohlagani bilmaganidan song, qaysi yoldan ketish kerakligini bilmaganidan song, oxir oqibat ham ozlari, ham boshqalar achinadigan, lekin togirlab bolmidigan xatolarga yol qoyishadi.
Tan olish kerak, insonlar galati tabiat egasi hisoblanadi, bazida ozlari ham bilishmaydi, nima qilayotganini, nima qilish kerakligini va shularga oxshash barcha narsalarni. Bu haqida gap ketayotganini sababi, bu gaplaram bitta nuqtaga olib borib taqaladi, yani osha birlashishga. Chunki kimdir buyoda yolni bilmasa, boshqa kimdir osha yolni korsatadi. Yozilganidek, bu inson zotining tabiati. Bazi bir odamlar bor bolishi mumkin, katta ishlarga qodir, lekin odamlar birlashsa, ular hammasi buyuk ishlarga qodir bolishi mumkin, «mumkin» deyilganini sababi, agar ular harakatga kesalar, bu aniq bolib qoladi. Agar inson oz umri davomida togri yolni tanlasa, buyogi ham «avtomatik» tarzda, yani oz-ozidan togri yol bolib ketishi mumkin, teskarisi albatta teskarisi bolib ketishi mumkin. Va bu boshqalarga ham tasir qilib, shu tarzda davom etishi mumkin. Balki, togri, hayot bir tarozi pallasidir, bir gal bir tarafi, bir gal boshqa tarafi, tepaga pastga tushib chiqib turadigan. Agar insonlar sal bosayam, ancha ishga qodir miyalarini ishga solib, yaxshilab mulohaza qilib, bosh qotirib, nima qilsa foyda yoki zarar, nimaning asosida yashashyapti, nima otkinchiyu, nima otkinchimasni oylab korganlarida, hayotlari sal yengillashgan bolardi.
Keyin yana bazi insonlar, chetdan turib kimnidir kuchli, kimnidir kuchsiz, deb baho berishadi, nafaqat boshqalarga, ozlariga ham xuddi shu «diagnostika» qilishadi. Bu albatta savolmasu, lekin buni javobi bor, yani boshqa bazi odamlar ishonch, degan tushuncha bilan yashashadi. Togri shunchaki oddiy ishonch bilan emas, sal boshqacharoq, yani erta yaxshi boladi, degan ishonch bilan, shu zahotdan hammasi yaxshi bolib ketadi, degan ishonch bilan, jamiki «negativ» narsalar otkinchi, «pozitivlar» esa otkinchimas, degan ishonch bilan, nimaiki bolmasin, bitta kulgi bilan hamma narsani yengib otsa boladi, degan ishonch bilan, bizga kerak bolgan narsalar uchun va biz bormoqchi bolgan joylarga faqat shular orqali otsak, oddiy shunchaki otish bilan emas, ishonch bilan otsak yetishamiz, degan ishonch bilan yashashadi. Bu yolni bilish uchun, shunchaki shu yoldan ketish lozim, hech qanaqa shubhasiz, hech qanaqa toxtalishlarsiz va shundagina bilish mumkin yoki javobni olish mumkin. Balki bu yol sal pal qorqinchli tuyular, balki haqqattanam shunaqadir, lekin, biroq, insonlarda shuning uchun ham ishonch, degan tushuncha va oddiy tushunchamas, juda katta manoga ega tushuncha bor. Bu tushunchani boshqacha ataladigan qarindoshlari ham bor, misol: chidam, sabr, hohish va yana juda kop sozlarni misol qilsa boladi.
Bir galati gap eshitilishi mumkin, «hamma narsa, hamma narsa bilan bogliq». Bu ham oz ozidan malum boladi, ozligini bilib olish bilan bogliq, oldinroq yozilganidek, boshqacha ozligini bilib olishmas, shunchaki nima hohlashini bilib olishdir. Dunyoda nimaiki bolmasin, hamma narsa bir biri bilan bogliq, aloqador. Yana misol tariqasida, domino peshkalariga oxshaydi. Ularni turgizib qoyib, malum bir yonalishga qoyilsa, undan song bittasiga tegib yuborilsa, qoganlari ham qulashda davom etadi. Buni tasavvur qilish qiyinmas. Togri bu yerda, bazilarda savol bolishi mumkin, oddiy savolmas, orinli savol. Uni chertib yuborishdan oldin, ular osha yonalish boyicha taxlanishi kerak, xosh bu qanday boladi? Javobi oddiy, tugilish, yani insonlarning tugilishini ozi, bu misoli, shu domino peshkalarini taxlanishi. Insonlardan esa, shunchaki chertib yuborish talab qilinadi va bu ham ularning ozlarini qolida. Hamma narsa insonlarni ozidan talab qilinganidan song, hamma narsa insonlarning ozlarini qolida boladi, boshqani emas, aynan har bir individual insonning qolida.
Insonlarga bu hayotda kop narsa kerak bolishi mumkin, lekin, asosiylaridan biri, bu «yaxshi hayotli yaxshi kelajakdir», «yaxshi kelajakli yaxshi hayot» ham baribir shu mano bolib chiqadi. Bu gapni shunchaki ozi, insonlarga eshitilishi bilan yoqadi, biroq «real versiyasiniku gapirmasa ham boladi. Togri bitta ikkita boshqacha dunyoqarashlilar ham uchrab qolishi mumkin, bu narsani balki yoqtirmidigan, balki qiziqish bildirmidigan, lekin bu muhimmas, chunki muhimi osha yaxshi hayot, boshqalarga nasib qilishi mumkinligi, agar osha boshqalar shuni hohlasa. Hayotni ozgartirish insonlarning ozlarini qollarida, hatto atrofidagi boshqalarni ham ozgartirish ozlarining qolida yoki ularga bogliq. Biroq insonlar ozgarsa, hayot ozgaradi, hayot ozgarsa, insonlar ozgaradi, har qanaqasiga baribir insonlar yutadi va bu yutiq eng yaxshi yutuqlardan biri hisoblanadi. Shuniyam aytish kerakki, qaysi birini qilish kerak, deb oylab otirish shartmas, shunchaki bu yerda harakat kutiladi, shunchaki oddiymas, shunchaki yurakdan chiqib yurakka boradigan harakat. Buning uchun inson oldin ozi ozgarishi, nimani boshqalarga his qildirmoqchi bolsa, oldin ozi ham shularni his qilgan bolishi, bu orqali ozi nimaga erishdi va boshqalarni nimaga erishtirmoqchi, ozining bu hayotda yaxshi nafas olib chiqarayotganidan song, boshqalarga ham shu nafasni berishga harakat qilmoqchi bolganidan keyin va shunga oxshash narsalar sababli, ozgartirishga duch kelishi kerak.