Kurbanov Sardor - Hikoyalar karvoni стр 6.

Шрифт
Фон

Choyxonada esa hamma birinchi Abdullohni eshitishga otdi. Abdulloh yillar davomida Misrda yashab u yerda bir mashhur universitetlardan birida dars berib, shogirdlar chiqarib, kitoblar chiqarib yurganligini, endi bu yerga qaytib bu vataniga ham xizmat qilishni qaror qilganini aytdi. Shunda boshqa dostlari ham bu yerda nimalarga erishishganini birinma ketin sozlab berishdi, kimdir biznesda, kimdir oz ishida, kimdir sanatda yutuqlarga erishganini eslab otdi. Abduhakim esa ich-ichidan nimalarga erishganini ozi bilmas va buni tashqariga ham chiqara olmas edi. Bir qancha yaxshi lahzalarga boy bu yigilish ham tugadi va Abduhakim hayolga tolib mashina tomon borayotgan edi. Abdulloh uni toxtatib, uyiga olib borib qoyishini iltimos qildi. Abduhakim ham muommomas, deya rozi boldi.

Yolda suhbat boshlanishiga Abdulloh sababchi boldi. U yana Abduhakimdan soradi, uni nima bezovta qilayotganini? Abduhakim mashina chambaragini boshqarishda davom etarkan, aytish yoki aytmaslikni oylar edi. Bir qancha fursatdan song, ozi hohlamagan holda, mashinani chetga oldi va ichidagi sozlarni tashqariga chiqarib yubordi. Gap shundaki, yillar otdi, lekin umrimdan konglim tolmadi. Bilmadim, nega bunaqa oylayapman, ammo oilamdagilar joyida, ishim joyida, lekin bilmadim nega bunaqa? Boya yigilishda hamma ozining kongli tolib erishgan narsasini gapirib berdi, ammo menchi? Men nimaga erishdim? Umrim goyo haqiqatsiz otdi, men esa umrimni haqiqat bilan otishini afzal koraman, lekin qanday erishaman u haqiqatga, qanday?

Abdulloh bir pas jim turdida, nimadirni eslagandaka boldi va shuni gapirishni boshladi. Esingdami Abduhakim, Misrga ketishimdan oldin, senga bir-nechta kitoblar tashlab ketgan edim. Ketganimdan song ularni oqidingmi? Senga yoqganmidi? Abduhakim esa nima deyishni bilmadi, sababi esa u osha kitobni esladi, ammo uni ochib ham qaramagan edi. Abduhakimning bunaqa ozini tutishini payqagan Abdulloh esa jilmayib, tushunarli, deya qoydi. Endi esa dostim sozlarimni qattiq olma yuragingga, garchi men hech qanaqa garaz niyatsiz bularni sozlamoqchiman. Umrim haqiqatsiz deyayapsan, ammo Alloh senga dosting orqali bergan shu haqiqatlarga tola qolyozmalarni tashlab ketganida ularni ochib ham qaramagansan. Chunki u kitoblardan bittasi Quronning ozbekcha tarjimasi, bittasi esa Imom al-Buxoriy hadislari kitoblar edi. Senga haqiqatlardan eng alolari qoldirilgan edi. Biroq haqiqatni ozingdan ozing uzoqlashtirgansanku. Dostlarim nimadirlarga erishdi, deb oylama. Inson Alloh unga nimani bergan bolsa, faqat shuni qolga kiritadi. Ularning shunchaki harakatlariga yarasha erishgani shu narsalar boldi. Sen esa yana takroran aytaman, hech nimaga erishmagandirsan hozircha, ha hozircha. Sabab esa talpinish kerak, intilish kerak, shundagina Alloh tarafdan marhamatni sezasan, tushunyapsanmi dostim.? Abduhakim bir qancha daqiqa mashinani ot oldirmasdan gaplarni oyladi. Birozdan keyin mashinanini ot oldirdi va dostini uyiga jimlikda eltib qoyib, uning sozlari uchun rahmat aytdi.

Ertasi kuni Abduhakim osha dosti bir paytlar qoldirib ketgan kitoblarni qidirishga tushib ketdi. Abduhakim osha kechasi ozi tuzukroq ham uhlamagan edi. Chunki u kechasi bilan uyqu kelmagandan keyin oshxonaga chiqib choy ustida Abdulloh bilan bolgan suhbatni boshida aylantirayotgan edi. Kitoblarni topdi, yaxshiyamki bir oq matolarga oralib, teparoqda qoyilgan ekan. Bugun dam olish kuni bolgani yaxshi bolgan edi. Kitoblarni qidirishdan oldin tahorat qilishga qaror qilganiga hursand bolgan Abduhakim kitoblar osha honadan chiqmasdan, ochib mutolaa qilishga qaror qildi. Quron kitobining tarjimasini ocharkan, kitobning ichidan uning koziga qanaqadir nur urilgandaka boldi. Goyoki, nur taralar edi kitobdan.

Kun yakuniga ketib qolgan edi. Abduhakim honadan chiqdi va negadir har kungi yuzidagi qayguning ornini bir ajib nur egallagandaka edi. Eshikning qongirogi chalindi. Borib ochib qarasa Abdulloh. Hayron qolgan Abduhakim ichkariga Abdullohni taklif qildi. Keyin esa Abdulloh kecha qattiq gapirib yuborgan bolsa, uzr sorab kelganini aytdi. Abduhakim esa kulib hammasi yaxshiligini va aynan shu sozlar unga kerakligini, va nihoyat kitoblarni ochib, ular bilan tanishganini aytdi. Abduhakim Abdullohni ichkariga choy ichishga, ovqatlanishga taklif qildi. Abdulloh ham bajonidil taklifni qabul qildi. Xontaxta atrofida ular otirishar ekan, Abduhakimning ogli keldi va dadasiga savol bermoqchi boldi. Abduhakim mehmonga birinchi salom berish kerakligini aytib, keyin savolni aytishini soradi. Ogli esa, dada jannatda inson butun umr qolsa, zerikib ketmaydimi? Abduhakim ogli bu savolni qayerdan olganiga qiziqdi. Abdulloh esa beguborona savolga beguborcha kulib qoydi. Abduhakimning ogli esa, dosti jannat haqida gapirib berganda, bu savol paydo bolganini aytdi. Abduhakim nima deb javob berishni oylab turganida, Abdulloh ozi shu savolga javob berishga harakat qilsa boladimi, deya ruxsat soradi. Abduhakim esa dostidan minnatdor boldi, chunki uning bu narsaga javob berishga yetarli darajada bilimi yoq edi va buni ozi ham bilar edi.

Oglim isming nima, meni ismim Abdulloh. Saidali, juda chiroyli ism ekan. Qara endi seni savolingga qaytamiz. Jannatda zerikish, degan narsa bolmaydi. Chunki jannatda koz korib, quloq eshitmagan, aql tasavvur qila olmaydigan narsalar boladi, bizga malum bolgan ozgina malumotlardan tashqari. Misol tariqasida qara, sen nimani yaxshi korasan? Saidali, kochada dostlarim bilan oynash va ular bilan suzishga borish. Abdulloh, endi qara, bu narsalardan sen qachondir zerikkanmisan? Saidali yoq. Abdulloh, kordingmi, ozing yoqtirgan narsadan zerikmaysan, u yerda ham shunday boladi InshaAlloh. U yerda sen yoqtirgan narsalar boladi va yaxshi inson bolsang, eng katta mukofot Allohning roziligi va chehrasini korish nasib qiladi. Saidali yosh bolalarcha qiziqish bilan, nimasi eng katta mukofot buni, deya soradi. Abdulloh, qara Saidali, sen dadangni va onangni yaxshi korasan shunaqami, chunki ular ham seni yaxshi koradi, asosiysi sen ularga qarab zerikmaysan va ularning sen bilan otkazgan vaqti sen uchun hursandchilik payti hisoblanadi, jahllarini chiqarsang hafa bolishing mumkin, aqlli bola bolsang, sendan rozi bolishadi va yana sen ham hursand bolishing mumkin, shunaqami? Saidali, shunaqa. Abdulloh, endi esa bir oylab qara, olamlar Robbi, meni, seni, ota-onangni, hammani va hamma narsani yaratgan, bizga mehribonchilik qilgan Zot, Rahimdil, Marhamatli Alloh taoloni ham senga hursand bolib, senga vaqt ajratishi, sendan rozi bolishi, bu ajoyibmasmi. Yoki tasavvur qil, sen chanqaganingda yoki qorning ochligida qorningga siqquncha ichasan va yeysan, shunaqami? Endi Allohning husni shunaqa bir chiroyliki, shunaqa bir ajoyibki, shunaqa bir fayzliki, u payt sen goyo qorningga qancha ovqat yesang ham toymaydigan qorning yoki qancha suv ichsang ham, goyo chanqoging bosilmagan va yana va yana suv ichging kelgandaka boladi. Chunki u ichayotgan suving yoki yeyotgan ovqating, qorningni toydiradigan emas, aksincha qorningni osha suv va ovqatga naqadar ehtiyoji borligini bildiradigan bir ajib narsa bolib xizmat qiladi goyo. Balki hozir meni tushuntirganlarimni tushunmassan, balki men notogri misollar keltirgandirman, lekin ozgina vaqt bersang sen ham bu narsalarni tushunib yetasan InshaAlloh. Saidali, yoq, tushunganday boldim, faqat boshqa savolim bor edi, yaxshi bolish uchun nima qilishim kerak? Bu savolni eshitgan Abdulloh hursand boldi, rostan ham ozgina bolsada tushuntira olganligidan.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора

1001
0 5