Hadi
Ozbek tilida
Sardor Kurbanov
© Sardor Kurbanov, 2023
ISBN 978-5-0060-3531-7
Created with Ridero smart publishing system
HADI
Odamzodning eng katta xatosi yoq, uning xatolari bor. Shuni bilib turib ham, odamzod bazida oz xatolaridan organmaydi. Nega unaqa deb soragandan foyda yoq, chunki shuning ozi ham, bir xato hisoblanadi. Togri, savollarga javob izlash kerakdir, lekin har doim har qanaqa savolga ham javob izlayverishni ozi bir xatolik, shuning uchun bazida, shunchaki oldinga harakat qilish kerak. Bitta joyda turib qolgandan foyda bor bolishi mumkin, shu faqat har doim emas. Bazida biz tomondan qandaydir harakat kutiladi, bu harakat qanaqadir, aniq bir harakat bolishi shart emas, ammo harakat bolmasdan turib ham, harakat yuzaga kelishi mumkin. Bitta joyda turish bu hech nimani ozgarmasligi va hech nima ozgarmasa, unda shu hech nima ozgarmaganlik ahvoli davom etaveradi, degani. Bu yerda hech qanaqa «progress» ham, «regress» ham bolmaydi. Biroq, sal pal «regress» tarapga oqsashi mumkin.
Yana shukr va noshukrlik orasida juda katta farq bor, buni hamma inson bilsa kerak. Shuni bila turib ham, insonlar odatda noshukrlik chegarasini bosib otishadi. Bu chegaradan keyin yana orqaga qaytsa boladi, faqat u chegaradan bu chegaraga qatnagandan nima foyda??? Noshukrlik qilishga insonlarda sabab ham yoq. Hayotida bolib turadigan «jarayon» uchun savol bilan noshukrlik tomon yurish shart emas. Shart bolishi kerak bolgan narsa, bu chidamlilik yoki sabr. Bular ikkalasi egizak hisoblanib, insonlar hayotida ham muhim hisoblanadi. Sabrni qolga kiritish uchun juda kop «trenirovka» qilish shart emas. Buning uchun shunchaki, sabr qilish kerak va bu uchun ham shunchaki, sabr qilish kerak yoki boshqacha qilib aytganda, chidamli bolish kerak.
«Mani baxtli bolishga haqqim bormi?» Bu savol har bir odamning miyasini mehmoni boladi. Javobga keladigan bolinsa, u ham mehmon boladi, faqat bittamas, har xil javob. Bu esa har bir insonga bogliq holatdir. Savolning javobi yoqishi yoki yoqmasligi ham insonning ozidan talab qilinadi. Bundan xulosa qilinadiki, har bir berilgan savolga tayyor javob, har bir insonning ozida yashiringan. Shuni eslatish kerakki, baxt tushunchasi hamma uchun har xil. Tushuncha hammaga har xil bolgani bilan, keraklik darajasi bitta, hamma bu narsaga intiladi. «Faqat» farqi shuki, kimdir ozi uchun, «lekin» kimdir esa boshqa uchun ham. Nima bolganda ham, hamma intiladi osha «abstrakt» tushuncha tomon. Intilish, bu albatta yaxshi, «faqat» yoki «lekin», degan sozlarniyam bunaqa vaziyatlarda ishlatilinib turilishini etibordan qochirmaslik kerak. Bu sozlar ishlatilinadimi, etiborga olinadimi, bu ham insonga bogliq.
Odamlar ozlarining harakatlari uchun javob bera oladilarmi? Shunday vaziyatlar boladiki, odamlar yolgonni haqiqat, deb qabul qilishadi. Ozlari haqiqat, deb oylagan yolgonlari, aslida yolgon ekanligiga shubha ham qilishmaydi. Agar shubha qilishganda, buni haqiqat diyishmasdi. Shubhaga ham borishadi, faqat qachonki, yolgon jariga tushayotganlarida. Yolgon oz yolida, bu soxta narsa hisoblanadi. Bu yerda hech kimning aybi yoq, insonning ozidan boshqa. Chunki, odamga har doim imkon beriladi. Tanlash uchun va shu imkon uchun ham, qoshimcha imkon beriladi. Buni korish, eshitish shart emas. Shunchaki shuni bilsa boldi. Ammo bila turib esa, undan togri harakat kutiladi, notogrisi ham kutilishi mumkin. Lekin bu odamning oziga bogliq bolib kelgan, bogliq bolyapti va bogliq bolib qoladi.
Odam dunyoga keladi, yashaydi, kozlarini yumadi. Va, bu kozlar umuman ochilmidi. Bitta savol, dunyoga keladi, yashaydi degan joylarda, nega «umuman» degan soz ishlatilmayapti yoki odatda ishlatilmaydi? Umuman, butunlay va shunga oxshash sozlarning hammasini manosi bir xil. Nega bu sozlarni ishlatsa bolmaydi? Javob har xil bolishi mumkin, keyin yana galatiyam. Chunki galati savoldan, galati javoblar chiqadi. Bu odatda tabiiy hol, faqat odatda. Xullas, savolga qaytadigan bolsak. Javobi oddiy, bunaqa bolishi mumkin emas, yani u sozlar ishlatilishi mumkin emas. Bu yerda lekin, oddiy javob katta muommoga aylanadi. Nega bunaqa bolishi mumkin emas? Nima sababdan? Qanday qilib? Va, shunga oxshash savollar. Falsafada aytilganidek, javob qidirasiz, topasiz, lekin yana yangi savol ham topasiz. Xullas, nimaga ishlatish mumkin emas u sozlarni, chunki sababi, dunyoga kelish va yashash «limitlangan», yani miqdorlangan vaqtinchalik narsa.
Odamga qaytadigan bolsak, chaqaloq bolib tugildi, sekin-asta atrofni koradi, organadi, gar chaqaloq bolsada fikrlaydi. Unda ham har xil savollar tugilib boshlaydi. Yangi paydo bolgan jonda yangi savollar vujudga keladi, desa ham boladi. Sekin-asta chaqaloqlar osadi, ulgayadi. Ularda savollar yanada kop hajmni tashkil etadi. Ularni yosh faylasuf deb atasa ham boladi. Yosh haqiqattalab faylasuflar qiziquvchanlik ortidan savolga javob topish niyatida harakatchan bolib qolishadi. Savol: nega ularda bu qiziqish boladi? Buni oylab korish kerak. Balki haqiqatga yaqinroq javob, hatto shu yosh bolalarda ham maqsad bolar. Faqat ularning maqsadi boshqacha korinishda boladi, ulgayib esa chaqaloqning korinishi ham, maqsadlarining korinishi ham ozgaradi. Kop hollarda, boshida bolgan chaqaloq bolishdan toxtaydi.
Dunyoni yoki hayotimizni, bazida «illyuziya» diyishadi, balki shunaqadir. Unda savol, boshqa tuygular nima? Boshqa narsalar? Va, yana boshqa narsalarchi? Yoki ja bomasa koplar uchun asosiy narsa hisoblangan, sevgi nima? Agar hayot «illyuziya» bolib turib, odamlar kozida lazzat va azobdan iborat bolsa, sevgi ham shulardan iborat deb hisoblasak. Demak, biz «illyuziyalar» ichidagi «illyuziyalarda» yashayotgan ekanmizda va yashash tarzida ham davom etarkanmizda buyogiga. «Illyuziyaning» ichida yashash bu salkam, aldovlar orasida, aldovlar ichida yashashdir. Bazi bir odamlar shuni bilib turib, shunga rozi bolib, hayotni davom ettirishadi. Bu ham odam tabiatiga mos, chunki u haqiqatdan qochgisi keladi. Sababi har xil bolishi mumkin, bazida haqiqatdan qorqadi, bazida esa haqiqatdan ozini ustun qoyadi. Lekin shuni unutadiki, «illyuziya» bir soya, yani haqiqat qorongida ham haqiqat bolib qolaveradi, «illyuziya» esa qorongiga birlashib bir bolib ketadi.
Nega odam odamni toifaga ajratishi kerak? Sabab nima? Axir hamma biladiku, hamma bir xil darajada, bir xil tarozida. Yani hamma odam hisoblanadi, hammani koradigan baxti va azobi bor, hech kim bu narsadan quruq qolmagan. Insonlarga kerak narsa bu mehr, ozaro mehr. Shu ozaro mehr, sevgi, oqibat insonlarni suvda chokib ketishdan, olovda yonib ketishdan asraydi. Bu uchun hech nima tosqinlik qilmaydi. Tosqinlikka shu yaqinroq narsa, bu bazida insonlarning ozlari. Hamma joyda aytiladi, yoziladi, «odamlar birlashishi kerak», deb. Va, bu yolgonmas, biroq bazi insonlar buni notogri deb oylashadi. Ammo buni qayerdan bilishadi, axir ular shunchaki, buni oylashadi. Birlashish vaqti kelgan yo kelmaganligini qayerdan bilishadi, balki osha kelganmi yo keldimi, degan vaqtning ozi aynan shu vaqtdir. Buni oylab korguncha, harakat qilib korsa nima qiladi? Bu yerda hech kimni ayblab bolmaydi, hamma oz «prinsipi» uchun jon kuydiradi. Agar yana savollar bilan murojat qilinadigan bolinsa, javobini oshanda harakat qilib korgandan song olsa boladi. Yaxshilab oylab korilsa, hayotga bir marta kelinadi. Agar insonlar 23 ta hayotni egasi bolishsa yoki hayot chiziglari uzaytirilgan bolsa, tushunsa boladi, ortaga araz va ginalar tiqishtirilishini. Har xil xulosa, gipoteza yoki teoremalar javob bolishi mumkin, faqat korib turilganidek, bu yerda ham «mumkin degan soz bor. Ozi shundogam qisqa muddatli bu hayotda insonlarga foyda keltiradigan boshqa mantiq korinmayapti. Bu mantiq esa foydali korinyapti. Shu koringani uchun ham sinovdan otqazib korish kerak.