Kurbanov Sardor - Hikoyalar karvoni стр 5.

Шрифт
Фон

Ofisdan chiqar ekan, u yerda faqat kotiba otirar edi. Mursalina yoqligini korib, uning qayega ketganini soradi. Shunda kotiba bolalari bilan Quronni takrorlash vaqti kelganini, ularning hayot shakli shunaqa ekanligini aytdi. Bu gap birdan Nilufarning boyagi savoliga javob boldi, yani islom ozi nima degan. Ichida oziga aytardi, ha, bu ularning hayot shakli, meniki esa boshqa, yoq meni hayot shaklim boshqachaga aylangan.

Rostan ham Nilufar ham, Nurali aka va Mursalina ham islom kemasida, ammo Nilufar kemadan suvga tushaman deyapdi, Nurali aka va Mursalina esa manzilga borganda tushamiz deyishyapdi. Buni Nilufar ishga borgandan keyin tushunib yetgandi. Nilufarni Mursalinaning sovga, qum haqidagi gaplari rosa kop oylantirardi, Nurali akaning namozi ham. Shunda u qoliga telefonni oldi va kotibaga qongiroq qildi, kotibadan esa Mursalinaning telefon raqamini soradi. Kotiba ruxsat sorashi kerakligini, sorab korib keyin habar berishini aytdi. Bir qancha vaqt otdi, javob kelmadi. Birozdan song sms habar kelgan edi. Uni oqib Nilufar hursand bolib ketgan edi. Sms habar esa Mursalinaning ozidan kelgan edi va u yerda shunaqa sozlar bor edi. Nilufar men Mursalinaman, boya ozgina qizishgandaka boldim, afsusdaman, kechirasiz agar mendan bir nima otgan bolsa, islomda bandaning haqqi bir-birida qolmasligi kerak, shunga umid qilaman orada hafagarchilik qolmaydi, deb. Bu mening raqamim, nimadir bolsa, bemalol aloqaga chiqavering, qoldan kelguncha yordam beraman.

Bankrodlik darajasi

Bitta yigit skameykada otirgan edi, uning yuzidan xorginlik korinib turardi. Nigohi faqat yerga qaragan. Onda-sonda oziga-ozi nimadirlarni pichirlab qoyardi. Uning yoniga bir boshqa chol kelib otirdi va uning hol-ahvolini sorashni boshladi. Boshida hech nimani eshitmagan, nimadirlarni pichirlab otirgan bu yigit, birozdan song yonidagi cholning ovozini eshita boshladi. Pichirlashni tugatdi va yuzini yoniga kelib otirgan cholga qaratdi. Chol yana bir bor, bolam nima boldi, deb soradi. Keyin chol yigitning yuzi oqarib ketganini, mazasi yoqmi va shunga oxshash savollarni soradi. Yigit ikkilanib turdi biroz vaqt va lablarini qimirlata boshladi. Lablarini qimirlatar ekan, chol korib turardi va oziga ozi hayron qolardi, bunchalik nima dard ekan bu yigitni bezovta qilayotgan, deb.

 Men bankrod boldim. Bor budumni yoqotdim. Hammasi ketdi.

Chol jim eshitib otirardi. Lekin kozlari yigitning dardini tushunayotganini bildirib turardi. Chol yigitdan katta bankrod boldimi, deb soradi. Yigit esa oz navbatida sekin dardini yoshi katta suhbatdoshdan goyo yengillik his qilayotgandaka aytib berishga tushdi. Yigit biroz vaqt otib bir biznes boshlagan ekan. Anchadan beri bor toplagan pulidan boshlagan biznesi boshida yaxshi yurishgan ekan. Ammo biroz vaqtdan song kutilmagan voqealar sodir bolib, bu biznesi bankrodlikka uchrabdi. Azgina sukunat paydo boldi. Chol birinchi gapirishni boshladi.

 Bolam nimalarni his qilayotganingni tushunib turibman. Balki ichingda bu chol nimani ham bilardi, deb oylarsan yoki ozimga togridan togri gapirarsan. Ammo ishon men ham bankrod bolganman  yigit darxol cholga umid kozlari bilan qarabdi. Cholga qararkan tasavvur ham qilarkan, balki hozir shu choldan biror bir foydali maslahat olarman, deya. Chol esa uning gaplari rostligini, yigit bekorga vaqt sarflab cholni eshitmayotganini bildirish uchun bankrodlikda his-tuygularni tushuntirib berishga tushib ketdi  men ham bir paytlar restoran biznes boshlaganman, 45 yillab yiqqan sarmoyamni shu biznesga tikdim. Biznesim rivojlandi, gullab yashnadi. Qolim uzoqlarga yetadigan bolib ketgan edi. Yigirma yillarcha biznesim yaxshi davom etdi. Biroq bir kuni boshimga, tanamga tonnalab muzdek suv quygandaka falokatla kela boshladi. Qancha harakat qilmay, biznesim qolimdan, barmoqlarim orasidan goyo sahro qumlari singari tushib ketdi va ularning bitta donasini ham ushlab qola olmadim. Qarasam biznes, deb juda kop narsalarni kormagan ekanman, juda kop narsalarni anglamagan ekanman. Osha payt yoshim bir joyga borib qolgan bolsa ham, boshqattan biznes boshlashga qaror qabul qildim. Ammo bu safar xatolarimni tushunib yetgan holda, oldin anglamagan haqiqatlarni amalda qollashga harakat qildim  yigitning kayfiyati sal kotarildi, xatto bunaqa odamning yoshi ancha joyga borib qolganida biznes boshlaganini aytganidan song.

 Sir bolmasa, yangi biznesingiz qanday biznes hisoblanadi?  qiziquvchanlik bilan soradi, tezda gapni bolib.

 U dunyoda bankrod bolmaslik biznesi.

 Uzr, chunmadim. Qaysi dunyoda?

 Oxiratda. Ertaga bu dunyoda yiggan savoblarimni osha yerda ishlatishni hohlayman, lekin tasodifan bu dunyoda kimningdir kongliga ozor bergan bolsam, kimningdir haqqini yegan bolsam, kimdandir qarzim bolib, mazza qilib yashab yurgan bolsam, osha sarmoyalarim, jamgarmalarim u dunyoda yetmay qolishi mumkin. Va Alloh asrasin, biroq shunaqa boladigan bolib qolsa, unda abadiy bankrodlikga uchrayman. Chunki u yerdagi dozox abadiydir. Shu uchun ham, iloji boricha sarmoyamni kopaytirishim kerak va u dunyoga investitsiya qilishim kerak  chol bularni aytar ekan, uni ter bosdi. Chol havoni issiqligiga qaramay, ozidan sovuq terni his qilardi.

 Amaki ochigi, boshini yaxshi boshlaganinggizga davomida yaxshiroq narsani etsanggiz kerak, deb oylagan edim. Ammo bunaqa falsafalar hozir yuragimga sigmaydi. Uzr, yaxshi qoling  deya birdan norozilikni aks ettirib ketdi.

Chol yosh yigitning orqasidan qarab qolardi va uning yurishlarida ozining yoshligini korardi. Biroz qarab turdida, Alloh ozi yol korsatsin, deya shivirlab qoydi. Birdan bobo, deya bir yosh bolani ovozi keldi va chol tomon yugurib keldi. Yosh bola bogni yonida bolgan maktab tomondan kelardi. Bola bobosining yoniga kelib, gapira boshladi.

 Bobo, bugun 2ta yaxshi ish qildim, bittasi oqituvchimga narsasini kotarishvordim, ikkinchisi esa Allohning 99ta ismini bir marta oqib chiqdim. Bular men uchun sarmoya bola oladimi?  yosh bola intizorlik bilan qiziqib soradi.

 Ha, juda yaxshi ishlar qilibsan, ozimni aqlli nevaramga unda uyda sovga berish kerak ekan  deya shirin jilmayib gapirdi chol va ornidan turdi, nevarasi bilan birga yolga tushdi.


Bir zumlik uzoq yillar

Abduhakim 40 yoshlarga borib qolgan, sochlariga oq tushayotgan bir er, ota va korxona ishchisi edi. U ozini shunaqa tasvirlash bilan ovora bolib qolgan edi, ayniqsa shu oxirgi yillarda. U goyo muzlikni qazib, katta bir aysbergga duch kelishini bilib turgandaka edi. Sababi shundaki, unda bunaqa otgan umrini sarhisob qilish odati yoq edi. Abduhakim uchun shuning ozi bir signal edi. Ishga borar, ishdan kongli tolmaydi, uyga borar, uyda kongli yorimaydi. Oqishga va ishga berilgani uchun, kech uylangani sabab bolalari ham hali yosh edi, bitta ogil va bitta qiz. Ogli 8 yosh, qizi esa 5 yosh. Bir kun u dostlari bilan choyxona gaplashib qoyishgan edi va shu choyxonaga ketdi. U yerga vaqtliroq borishni hohladi va shunday qildi ham. U yerga borib, undanda vaqtli kelgan dostini uchratdi. Bu dosti ancha yillar oldin boshqa chet davlatiga ketgan edi va kutilmagan sovga qilish uchun, birga yigilib keladigan dostlarimga deya vaqtli kelgan edi. Uning ismi Abdulloh edi. Bir-birini ancha oldin korgan va ancha yillardan beri kormasdan, endi uchratgan dostlar hursand bolib ketishdi va mehrla quchoqlashib, hushchaqchaq korishishdi. Abduhakim bir oz hursand bolsada, lekin uning holati Abdullohga ochiq korindi. Abdulloh uni nima bezovta qilayotganini soragan edi, birdan qolgan dostlar ham keldi.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора

1001
0 5