Kurbanov Sardor - Hikoyalar karvoni стр 4.

Шрифт
Фон

Hamma ofisga kelib otirishgandan song, kotiba bitta choynakda choy olib keldi, piyolalarga quydi va honadan chiqib ketdi.

 Rahmat vaqtinggizni ajratganinggiz uchun, biz uchun bu muhim hisoblanadi  Nilufar.

 Odam oz ishini sevib bajarayotganida men buni qollab quvvatlayman  Nurali aka  savollaringgizni beravering  yana shu jiddiylikda.

 Unda ijozatinggiz bilan, siz ham bu ishinggizni chin dildan sevib qilasiz, aynan shuning uchun natija ozi korinib turibdi, savolim shuki, sizni bundanda yaxshi koradigan ishinggiz bormi?  bu savol Nurali akaga ham noodatiy bolib korindi, chunki kop intervyularda bunaqa savol bilan boshlashmagan edilar.

 Ha bor, har kuni qiladigan bir muhim ishim bor, uni bu korxona va bizneslardan kora ham yaxshi koraman, hamda har onini orziqib kutaman.

 Sir bolmasa aytsanggiz boladimi?

Shu payt kotiba telefon orqali, uzur sorab, boshqa kelsa bezovta qilmas edi, biroq oilasi kelgani uchun aytib qoyayotganini takidlagan edi. Shundan song Nurali aka oilasini kutib oldi. Honaga bir ayol va ikkita bola kirib kelishdi. Ayol Nilufar bilan bir xil yoshda edi, Nilufarning chamasi boyicha. Yonidagi bolalar esa, bir qiz va bir ogil bola. Nurali akani kozida sezilar-sezilmas quvonch, zavq paydo bolgandi oz oilasini korib. Ammo uning jiddiy xarakteri oz izini umuman yoqotmagan edi. Nurali aka Nilufarga hammani tanishtirdi. Bolalardan qizning yoshi katta, ogil bola esa hali kichkina edi. Nurali akaning ayoli bolalar bu suhbatga halaqit qilishlari mumkin, degan asnoda kotibaga ularga koz-quloq bolib turishni iltimos qildi. Uning ismi Mursalina ekan. Nilufarga bu ism bir boshqacha chiroyli eshitildi. Mursalina eridan ubu narsa kerakmi yoki yoqmi, unda biror xizmati yoqmi, deb savol berdi. Nilufar esa hayron qolardi, kotiba bor-ku, deya oziga-ozi. Shu payt birdan Nurali aka soatga qaradi va zarur ishi borligini 20 daqiqada qaytishini aytdi va uzr sorab, turib ketdi.

Nurali aka ornidan turib ketar ekan, ikki ayol taraflama ixtiyoriy suhbat boshlanib ketdi. Buning boshlanishi esa Nilufardan chiqqan edi. Nilufar esa ming ozbek bolsada, baribir ruscha maktab va oquv dargohlarini bitirgani sabab, bazida bir xil urf-odatlarni tushunmasdan osgan edi. Nilufar ozini qiziqtirgan savol bilan boshladi va soradi, nega kotiba turganda Mursalinaning ozi xizmatga shay turganini. Bu savolni eshitgan Mursalini sodda va beguborona kulgusini yashira olmay kulib yubordi. Kulishni birozdan keyin toxtatib, javob berdi va javobi Nilufarni ham sal kulishiga olib keldi. Shunchaki boynimdagi masulyatni oz hohishim bilan qilishga harakat qilyabman. Mursalinani javob shunday edi. Nilufar esa boshqa mentalitetda osgani uchun, bu javob u uchun kulguli boldi. Nilufarning kulgusi tagida sal bolsada, bu haqiqatni tan olmaslikning soyasi borligini korib, yana shirin jilmayishda davom etdi.

 Bilaman, meni gaplarim, sozlarim siz uchun hozir kulguli, ishonib bolmaydigan osmonopar sozlardaka korinayotganini  Nilufar ozining vaziyatini bilintirib qoyganini sezdi va oqlanmoqchi boldi, bunga javoban Mursalina qoli bilan belgi berib, hammasi joyida ekanini bildirib davom etdi  lekin sizga misol tariqasida tushuntirib bersamda, siz eng yaxshi koradigan odaminggiz ota-onaggiz bolsa kerak, shundaymi? Ha shunday ekan, tasavvur qiling eng yaxshi korgan insonlaringgiz bolgan ota-onanggizdan sovga oldinggiz, bu sovgani siz ahlatga tashlamaysiz, uloqtirmaysiz har qayoqqa, ota-onanggiz etiborining isboti bolgan bu narsani qadrlab, avaylab asraysiz, shundaymi? Fikrim togriligidan hursandman, ana endi qarang, men ham yaxshi korganim Allohdan har kuni har xil sovga olaman va bu sovgalarni son-sanogiga yetib bolmaydi. Asosiy sovgalarim esa turmush ortogim va farzandlarim. Xosh nega endi men, ozim yaxshi korgan Zotdan menga berilgan sovgalarni har yoqqa uloqtirishim kerak, ahlatga otishim kerak, nega endi asrab-avaylab, qadirga yetmasligim kerak, nega?  jilmayishni ketini uzmasdan tugatdi. Nilufar nima deyishni bilmas edi. Keyin bitta bahona topganday boldi va bu hammasi Islomning stereotiplari hisoblanadi menimcha, deb qoydi.

Mursalina biroz jilmayib turdi va javob qaytardi.

 Hammamiz unaqada qaysidir stereotipning asosida yashaymiz, albatta unda sizning mantiqinggizdan kelib chiqsak, siz ham qanaqadir stereotipga asoslangan holda mening stereptipimga fikr bildiryapsiz. Farqi shuki siz nazarda tutgan olamni men ham bilaman, tushunib yetganman, ammo siz men yashayotgan olamni oxirigacha anglash bir joyda tursin, shu tushunchani yoniga ham yaqinlashmagansiz  Mursalinaning jilmayishi ozgina yoqoldi  garbdagi biz feministmiz, biz hohlaganimizni qilamiz, deb bong urayotganlarni qollarining barmoqlarini orasidan ham, men va menga oxshagan itoatkor, oldidagi masulyatni quli bolib yashayotganlarni qollarining barmoqlari orasidan ham qum changlari tushib ketyabdi. Farqi shundaki, bizlar anglab yetganmiz, nega qumni tushayotganini va uni hamma joyga sochib tashlamaymiz, aksincha ular bir barqaror joyga tushyabdi va ertaga biz qolimiz oxiri kuchdan tolganda, osha qolimiz yumshoq tushadigan joyi boladi  honaning oynasidan koringan bolalariga qarab qoydi  Garbdagilar ham biladi shu qumlarni tushayotganini, lekin ular anglab yetmagan nima sababdanligini va qum tushayotgan ekan, demak qolim bitta joyda qotib qolmasin, deya qollarini har tomon harakatlantirib, qumni har joyga sochib tashlashadi. Oxir-oqibat ozlari ham bilmaydi, qollari qayerga qulayotganini va qanday qulaganini ham. Gaplarimdan hafa bolmang, umid qilamanki sizga bu gaplarim bilan ozor bermadim, kechirasiz endi bolalarimdan habar olay, xojayinim hozir chiqib qolsalar kerak  deya Mursalina ornidan turib ketdi.

Nilufar nima oylash kerakligini bilmas edi. Mursalinaning jahli chiqqanini payqadi, aslini olganda ozi aybdorliginiyam bilardi. Ozi birinchi itoat haqida savol berdi va stereotip deya uning his-tuygulariga qarata tosh otdi. Hafa bolishga haqqi ham yoq edi. Hozirgi onda Nilufarni ayollik hislati, yuragining qaysidir bolagi Mursalina gapirgan haqiqatlarni tan olayotgan edi, biroq Mursalina allaqachon payqagandaka u garbga mos hayotga katta bolgan onggi teskarisini aytayotgan edi. Bir necha daqiqa ichida u ozini yomon his qila boshladi. Nimagadir kongli sekin aynishni boshladi. Qarasa Nurali aka boshqa bir honaga kirib ketganiga endi 10 daqiqa bolibdi. Majburlikdan borib Nurali aka kirib ketgan honani taqillatdi, hech qanaqa javob kelmadi. Eshik sal qiya ochiq turganiga boshini ichkariga kirgazishga qaror qildi, kechirim sorab ketishini aytish uchun. Boshini shunday kiritgan edi, yuzi ong tarafdan Nilufarga qaragan holda kimdir yerda otirar edi. Bu Nurali aka edi, u namozni tugatib duoda otirgan edi. Nilufar birinchi taniy olmadi, chunki bu namozda otirgan va boya intervyuda, korxonada yurgan kishi umuman farq qilar edi. Katta intizomli, jiddiy, goyo togni ichiga yutgan va haybati osmonlardek koringan Nurali akani ornida, bir bechora, xuddi haybati cheksiz bolgan hojasini oldida quli, qorquvda va bir vaqtning ozida hojasiga nisbatan ehtirom bildirib otirgan bir nochor odam otirgan edi. Nilufar ozini yomon his qilishini ham esdan chiqarib qoydi yoki yomon his qilishi tugagan edi. Nilufar tushunib yetgandi Nurali akani namozdaligini, ammo tushunmagan edi, nega shunaqa katta korxona egasi, shunaqa hayoliga ham sigmaydigan daromad, mol-dunyo sohibi ozini bunaqa his qilayotgan edi, nimaga oilasi bilanmas, nimaga namozda? Nilufar yana tushunib yetdi, Nurali akani shoshib ishim bor degani, oilasi kelishiga qaramasdan, hozir bunaqa ahvolda otirganiga, uning ishidan ham yaxshi koradigan narsasi shu namozligini. Nilufar musulmon albatta, islom dini haqidan ham habari bor, ammo bu yuzaki bilim bilan, goyo futbol haqida bilasanmi desa, uning hayoliga odamlar top tepib yurish hayoliga kelgandaka edi. U ham hozir islom dinini namoz oqish va yana roza tutish deb bilar edi. Lekin hozir unda savol paydo boldi, shu hozir 10 daqiqa ichida uchratgan ayol va erkakdan keyin, islom ozi nima degan? Boshini eshikdan olib, qogoz va qalam olib, qogozga ketganini va intervyu uchun minnatdorlik bildirib, uzr ham soradi, shaxsan xayrlasha olmagani uchun.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора

1001
0 5