Masjidning ichiga kirishni qaror qildi. Ozi ham hayron, mast kishini yonidan uzoqlashgandan song, masjidni darvozasi oldidan otayotgan edi, negadir qadami shu tarafni tanladi. Masjidga kirar ekan, hali kop xatosini togirlashi kerakligini oyladi. Va, yana bitta haqiqatga amin boldi. Allohning adolati ham, marhamati ham mutloqdir. Allohning rahmati, gazabidan oldinroqdir. Alloh hatto Undan yuz ogirgan odamlar, yani boyagi mast odamga yoki oz vaqtida Abduraufga oxshagan bandalarga ham yordam beradi. Buning isboti esa Abduraufga qancha belgilar jonatilgani va boyagi mast kishiga esa Abduraufning duch kelganidir (balki bundan keyin ham kech bolguncha, kimdirlar duch kelishi). Va, Allohdan yuz ogirmaganlardan esa, nega Alloh ham ulardan yuz ogirsin. U shu fikrlarni tushunib yetganiga shukronalik keltirdi va namozga taxorat olish uchun taxoratxonaga kirib ketdi.
Ajoyib sevgi
Stiv piyoda ishiga ketayotgan edi. U tugilganidan beri faqat Angliyada yashagan edi va faqat hozir allaqachon bir yildan beri qurilish loyihasini bitirish uchun Rossiyada yashab kelayotgan edi. Uning yashaydigan joyi qurilish obyektidan 5 daqiqalik yol edi. U sayr qilishni yaxshi korgani uchun, azgina vaqtliroq chiqar edi va har kuni har xil yonalish boyicha aylanib borishni yaxshi korardi. Bugun ham aylanma qilishni istadi va yolda ketayotgandan edi. Atrofni korib kozi quvonar, xatto sovuq havo ham atrofni kuzatishdan tosib qoya olmas edi. Kochaning burchagidan ong tarafga qayrilganida tasodifan kozi bitta qizga tushib qoldi. Nimagadir joyida turib qoldi va u qizdan kozini uza olmadi. Qiz qaymoq rangdagi hijob bilan oralgan, ikki kozi yerda, yuzi esa qanaqadir nurlarga tolib yotibdi. U qizning nimadiri Stivni oziga tortdi. Stiv Angliyada ham qizlarni korgan, muslima qizlarning ham shunaqa kiyinishini bilardi va kuzatgan edi. Biroq negadir, uning fikru-hayolini shu qiz olib qochdi. Stivning ishga borishi kerakligi esiga tushdi, lekin u hayoliy tosiqni ustidan sakrab otgandaka bu tosiqni ustidan sakrab otdi va qizning ortidan tushdi. Stiv bilmas edi, musulmon xalqlarida muslima qizning oldiga shunchaki borib gapirib bolmasligini. Shu bois u qizning orqasidan yetib olib, yoliga chiqdi va inglizchada nimadirlarni gapirishni boshladi. Qiz esa birinchi chochib tushdi, undan song bir bor Stivga nazar soldi va yerga qarab uni aylanib otib ketishga harakat qildi. Stiv esa iloji boricha oz fikrini tushuntirishga harakat qilardi. U bir yil ichida organgan bilimlarini, organgan sozlarini esga solishga harakat qilib, aksent bilan ruschada gapirishga kirishdi. Chala rus chiqayotgan gaplaridan qiz tushunib yetdiki, yigit sevgi izhor qilyapdi va qizning yoqtirgan odami bormi yoki yoqmi sorayapdi. Qiz esa hech nima eshitmagandaka aylanib otib ketdi.
Stiv noilojlikdan nima qilishni bilmadi va qizning orqasidan kuzatdi. Qiz uyiga keldi va bola ham qizning ortidan uyning eshigini taqillatdi. Eshikni bir yoshi kattaroq ayol ochdi. Stiv jilmaygan holda ozini tanishtirdi, ayol ichkariga kirib ketdi va birozdan song boshqa bir yoshi kattaroq erkak kishi chiqib keldi. Stiv yana jilmayib ozini tanishtirdi. Mezbon mehmonni uyga taklif qildi va tarjimon uchun qoshning ingliz tili biladigan oglini chaqirtirvordi.
Stiv togridan togri maqsadga otdi, qizning otasi bolib chiqqan erkak kishiga qizni korib qolganini va yaxshi korib qolganini, uylanmoqchi bolganini aytdi. Kutilmagan bunaqa voqealardan qizning otasi hotirjamlik saqladi va savol berishni boshladi.
Dining nima?
Ozi ota-onam nasroniy, lekin man yillar otib kop hudolik tushunchalarini anglab olganman qizning otasi jim turdi va gapirdi. Qizini chaqirishlarini buyurdi. Qizi keldi va mehmonga etibor bermasdan, otasiga yuzlandi. Otasi qizidan buni tanidimi yoki yoqmi soragandi, qizi mehmonga qarab bugun yolini bir marta tosganini aytdi. Qiziga ketaverishini aytib, Stivga qarab gapirdi.
Dangal odam ekansan, manam dangalman, shunga togridan togri gapiraman. Qizim Quronni yod olgan qoriya hisoblanadi. Oldimga kelib million marta yalinsang ham, agar islomni qabul qilmagan bolmasang, namoz oqimasang va uyogiga ilmingni kuchaytirishni vada bermaseng, qizimni bermayman.
Nega axir?
Sababi oddiy, tavxid, yani yakkahudolik faqat Allohga munosibdir. Sen esa nasroniy bola turib, kop hudolik deysan.
Tushundim sizni, ammo yolgondakam dinni qabul qilaman, deb uylanib olsam ham boladiku. U narsani oylamadinggizmi?
Birinchidan, Allohning kalomi bilan hazillashib bolmaydi, hazillashsang ham bu uchun katta azob bor. Ikkinchidan, unaqa qiladigan boladigan bolsang, yerni tagidan bolsa ham, qancha vaqt otgandan keyin bolsa ham seni topamiza, chunki biz musulmonlar muslima qizimizmi, singlimiz boladimi, ularni hafa qildirib qoymaymiz. Boshqa begona muslima ham singlimiz yoki opamiz hisoblanadi. Uchinchidan, gaplaringdan unaqa odamga oxshamayapsan Stivga asosan begona bolsa ham, boshqa muslima ayollarni hafa qildirib qoymaymiz, degan fikr boshqacha tasir qildi. U oyladi, ertaga uning ham qizi shu jamiyatda ozsa, qizi uchun bu ajoyib sovga bolarmidi, deb. U uchun bu mantiqni orqasidan kelayotgan narsa edi. Ammo ozi hayron qoldi, qanday qilib bunaqa fikrlar uning mehmoni boldi? U ikkilanib otirmadi va ichki ovozga tayanib, roziman, dedi.
Biroz vaqt otdi va u uyida ayoli bilan namoz oqib otirar edi. Namozni tugatishdi. Ayoli choy uchun qoyilgan suv qaynaganini bilgach shoshilib ketdi. Stiv esa joynamoz ustida otirar edi va hayotidagi hamma narsa uni shu yolga olib kirishi uchun edi, deb oziga ozi hayolida gapirib qoydi. U ichida Allohga hamd aytdi, bergan marhamatini shukronalik bilan esladi. Alloh Stivning yuragiga islom dinini sevgi orqali ochganini eslab, kozidan yosh oqdi. Bu hursandchilik koz yoshi edi. U koz yoshini ortdi va nafl namoz uchun niyat qilishni boshladi va oqishga tushib ketdi.
Anhorning kundalik hayoti
Ayolga masulyatli sovga
Nilufar ozining sevimli ishi hisoblangan jurnalistlik tufayli, bir yirik korxonaning egasidan intervyu olishiga togri keladi. Nilufar korxonaga kirib borar ekan, korxona maydoni va qurilish inshoati kattaligiga beixtiyor lol qolardi. Bunaqa katta natijaga erishish uchun, juda katta kuch kerak boladi, deb qoydi yana beixtiyor. Binoning ichkarisiga kirarkan, Nilufar bilan telefonda aloqada bolib turgan kotiba uni kutib oldi va tepaga korxona rahbarining ofisi tomon otlanishdi. Binoning ichida hamma ish bilan mashgul, odamlarda chalgish yoki nimadir sabablar yoq edi, ishni sustlashishiga. Nilufar bundan oldin ham boshqa korxona rahbarlaridan intervyu olgan edi, lekin bunaqa intizomni kormagan edi. Bu intizom nafaqat ishni uzilmasdan davom etishida, balki ishlayotgan odamlarning chehralarida ham aks etar edi. Ular ishga berilib qilayotgan uchqun kozlarida korinib turardi. Korxona metalga ishlov berib, metaldan qurilish mollarini yasab beradigan korxona edi. Nilufar va kotiba yurishda davom etishayotganda, ular yoshi 3540 larga borib qolgan, bir jiddiy odam duch kelishdi. Ozini sal bolsada biroz oldin bosh qoygan kotiba ham jiddiylikni yanada kuchaytirdi. Nurali aka bu sizdan intervyu olishi kerak bolgan va vaqtini kelishgan jurnalist hisoblanadilar, dedi kotiba. Nurali aka esa bir nigohini tashadi va marhamat deya ofisga boshladi. Nilufar ofis tomon yurganda fikrlashga tushib ketdi. Ishchilarning oz ishini bilib, bunaqa darajadagi intizomga amal qilayotganlari bekorga emasligini endi tushunib yetgandi. Haqiqattan ham, Nilufar uchun Nurali akani hatto yurishlarida ham bir intizom korinar edi.