Kurbanov Sardor - Hikoyalar karvoni стр 2.

Шрифт
Фон

Adolat va Marhamat Sohibi

Abdurauf yoshi 23 larga borgan bolsa ham, adolat haqida aniqroq tushunchalari yoq edi. Shu bilan birga u boshqa narsalardan ham uzoqroq edi. Uning qiziqishi oz kasbiga berilib, faqat shunga vaqtini ajratish edi. Uning oz kasbi esa, texnika ishlab chiqaradigan bir korxonada, ishlab chiqarish bolimidagi bir ish edi. U oz musulmonligini tan oladi, ammo hech narsani tushunishni hohlamaydigan odam bilimni qancha ozlashtirishni hohlamasa, u ham buni shunchalik ozlashtirishni hohlamas edi. Namoz oqisa ham, uyidagilarini korishi uchundir, uyidagilar bolmasa, namozni oylab ham qoymas edi.

Garchi namoz oqimasada, juma namoziga chiqib turardi va bir kun juma maruzasida domla Allohning adolati haqida soz ochdi. Domla, Allohning marhamati juda kengdir, shu bilan birga adolati ham kengdir. Bazida biz insonlar buni tushunib yetmaymiz va tushunmasdan yashashda davom etamiz, dedi. Abdurauf bularni unaqa diqqat jamlab eshitmagan bolsada, bu sozlar uning qulogiga ilindi. Domla maruzasining oxirida yakunlash uchun sozlarni gapirishni boshlagan edi, bu Abduraufni etiborini yana tortdi. Domla esa, Allohim ixlos bilan eshitgan, sozlagan Quron oyatlarimizni va duolarimizni qabul qilishingni umid ila sorab qolamiza, deb qoladi. Shunda Abduraufni goyo chaqmoq urgandaka boldi, asli unday bolmasa ham. U oziga-ozi ichida savol beradi, menichi, meni shu kungacha ixlos bilan bu narsalarni eshitdi, deb aytsa boladimi, ozi hozirchi, hozir eshitdimmi, deb gapiradi. Bu savoldan keyin, oziga boshqa savol beradi, nega bu ixlos bilan eshitish haqidagi savolni endi beryapman, nega shu kungacha bermadim?. Ozi ham bilmadim, nima sabab boldiki, hozir ixlos haqida oylab qoldi. Namoz boshlandi va namoz jarayoni bolayotgan bolsa ham, fikrlarini shu ixloslik mavzusi tark etmas edi. Juma namozi ham tugadi, lekin ixlos haqida fikrlar tugamadi. Negadir u shu kungacha yashayotgan hayot tarzi islomga ixlos bildirmayotganini tushungan edi.

Oradan bir hafta otdi, kuz fasli ham oz chiroyini korsatishni boshlagan edi. Shu vaqt uning dostlaridan birining toyi bolayotgan edi. Abdurauf oshandan beri ixlos bilan, ziyraklik bilan kop narsani kuzatadigan bolib qolgan edi va shu bois toyda bitta narsa uning etibori chetidan qolmaydi. Uning bir dosti boshqa bir odamning mashinasini eshigini ochayotganda, eshikni kuch bilan ehtiyot bolmasdan ochadi va devorga urib oladi. Eshik ham ozgina qiriladi va bu ish uchun uning dosti mashina egasidan uzr soraydi, albatta. Biroq bu uzr shoshilinchda, toy vaqtida boladi va egasi bu uzr bilan rozi bolmaganini bildiradi. Toy tugagan edi, mashina egasi, Abduraufdan osha dostini chaqirib yuborishini soraydi. Abdurauf aytadi va dosti korishadimi, mashina egasini rozi qildimi yoki yoqmi bilmaydi.

Shu bilan oradan ikki oy otadi. Abdurauf yana ajib bir holat guvohi boladi. Xuddi shu toyda birovning mashinasini eshigini urib olgan dostining mashinasini ham, boshqa bir umumiy dostlaridan bittasi ehtiyot qilmasdan, tezkorlik bilan eshikni ochib urib oldi. Abdurauf buni kuzatdi va hayron qoldi. Abdurauf etibor bermadi, ikki oy oldin mashina eshigini urib olgan dosti buni sezdimi yoqmi, hozir mashina eshigini urib olgan dosti kechirib soradimi yoqmi. Biroq uning oy-hayolini adolat, degan soz orab olgandi. Abdurauf oylayotgan edi, demak uning dosti, ikki oy oldin mashina egasini rozi qilmabdida, endichi bu hozir urib olgan dosti buni rozi qilmasa, demak u ham oliy adolatga uchrarkanda.

Oradan yana bir oy otdi. Abduraufning boshligi uni dokondan ul-bul sotib olib kelishga chiqarib yuborgan edi. Abdurauf oladigan narsalarni tanladi va kassaga bordi. Kassachi hisoblab narsalar narxi ottiz ikki ming tort yuz som bolganini aytdi. Abdurauf boshligi berib yuborgan pulni berdi. Dokondagi kassachi esa pulni olib, qaytimni qaytarib bermoqchi edi, Abdurauf tanga korinishidagi olti yuz som kerakmasligini aytdi va naqd pul qaytimni oldi. Dokondan chiqib ketar ekan, ozini oyga tortdi. Oldin ham boshligI bir-ikki marta bunaqa iltimos qilganida, qaytimni tiyin-tiyinigacha bolsa ham olar edi va boshligiga olib borardi, lekin undan keyingi paytlarda boshligi tanga unga kerakmasligini, hohlasa tangani oziga qoldirishini aytardi. Abdurauf birovni tangasini oziga qoldirmasdi albatta, biroq boshliq olmaydi, deb hozir bunaqa ham qilishi kerak emas edi. U hozir shuni biroz oyladi va tugatdi.

Osha kunni ozida Abduraufni ishi oz vaqtida tugadi. U avtobus bekatdan avtobusga otirdi va uyiga qaytayotgan edi. Uyiga yetib qolganda, yol haqi ikki ming somni tahladi va ham chiptachi, ham haydochilik vazifasini qilayotgan haydovchiga uzatdi. Abdurauf on soniyacha kutdi haydovchi olti yuz som tanga qaytimini qaytarishini, ammo qaytarmadi. Shunda ozi sorashga majbur boldi. Haydovchi esa uyalmasdan tanga qolmadi, deb aytdi. Uyalmasdan, degan soz Abdurauf uchun bekorga emas edi, chunki ikki-uch daqiqa oldin boshqa bir yolovchi yol haqini tangalarda bergan edi va haydovchi uni olgan edi. Osha tangalardan qaytimni qaytarsa bolardi, ammo qaytarmadi. Abdurauf ogzini endi ochmoqchi edi shu borasida, biroq ichiga yutdi. Gap urush chiqishi qorqinchidanmas yoki boshqa sababdan emas. U shunchaki esladi, bugun kunduz kuni qaytim tangalarni va bu safar ikkita soz uni falaj qilib qoydi, buyuk adolat. Ha, undan oldin dosti bilan bolganda shunchaki adolat, degan soz edi, hozir esa buyuk qoshimchasi boldi.

Abdurauf avtobusdan tushdi va uyi tomon yonalishda yayov yurib borar edi. Yayov ketishlikda davom etar ekan, ich-ichidan shu ikkita soz, yani buyuk adolatni his qilar edi va buni etiroz eta olmas edi. Abdurauf albatta musulmon, albatta Alloh borligiga ishonadi, biroq Uning adolatiga hali duch kelmagan edi. U korxonada ishlab chiqarish bolimida ishlagandan keyin bilar edi, mahsulot oz vaqtida mijozlarga yetib borishi uchun, xomashyo ham oz vaqtida ularga yetib kelishi kerak. Hammasi oz vaqtida sodir bolmasa, unda muvozanat buziladi. Allohning adolatida ham shuni tushunib yetdi. Allohning adolati ham muvozanati buzilmaydigan, hammasi oz vaqtida, kechiktirilmasdan amalga oshadigan jarayonligini bildi. Abdurauf yana chaqmoq chaqqandaka boldi va yurgan yolida qotib qoldi. Buning sababi esa, u shuncha yillardan beri masjidda juma maruzasida tushunib yetgandaka, ixlos bilan Allohga talpinmagan. Na farz qilingan namozlarni oqir edi, na farz yoki sunnat qilingan boshqa amallarni bajargan edi. U hozir tushunib yetgan edi, Allohning adolati baribir barchani oz vaqtida topadi, ham bu dunyoda, ham oxiratda va albatta, haq adolat, adolatli adolat, har kim qilmishiga yarasha oladigan adolat topadi. Bu degani esa, bular uchun uning jazosi ham katta bolishi mumkin edi va u oz hayolida mumkin emas, aniq, deb togirlab qoydi. Havo garchi unaqa sovuq bolmasada, uni ter bosdi. Nima qilishni bilmay, shu yerda turib qoldi. Faqat biroz otgandan song yurishni boshladi va uyiga qaytdi.

Ertasi kuni dam olish edi. Abdurauf kechasi bilan uhlay olmadi. Ertalabga yaqin kozi ketgan edi va vaqtli uygonib ham tezda kochaga ish bilan ketyabman, deya chiqib ketdi. Negadir yayov yurgisi keldi. Yayov yurib masjidning yoniga yaqinlashib qolibdi. Sal buyoqroqda skameykada bitta odam otirgan ekan. Abdurauf u odamning qoliga qarasa, qolida spirtli sharbatning shishasi va shu shishadan ichib otirgan ekan. Yoniga yaqinlashgan edi, ichib otirgan odam shishani mast holatda yerga qoymoqchi boldi va shisha turmasdan yiqildi va ichidan qizil suyuqlik chiqdi. Abdurauf ozi oldindan spirtli ichimlik yoki tamakilarni yoqtirmasdi, lekin unaqa borib kimgadir unaqa nasihat qilmas edi. Hozir esa borib u kishiga gapirdi, birodar masjidning oldida nima qilasiz shuni ichib?. Ichib otirgan odam esa hay gitler, deb qoydi mast holatda. Abdurauf biroz jim turdi va gitlerni nima qilasiz, tinch qoying, u allaqachon olib ketgan, siz tiriksiz-ku hali, dedi. Ichib otirgan odam yana shu iborani qaytardi. Abdurauf esa nima deyishni bilmadi va Allohga yoqmaydi bunaqa qilib masjid oldida ichishiz, qoying shuni, ichmang, degan edi, ichib otirgan odam javobidan song nima deyishni bilmadi va orqasiga ogirilib ketdi. Ichib otirgan mast kishi esa, men ichaveraman, degan javob qilgan edi. Abdurauf orqasiga ogirilib ketayotganda, mast kishi orqasidan chaqirib qoldi, lekin u orqasiga ogirilmadi va etibor bermadi.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора

1001
0 5