Всего за 480 руб. Купить полную версию
Bir kuni Ibrohim (a.s) otasining yoniga kelib: «Nahotki siz ham boshqalarga o`xshab, Allohning o`rniga butlarga sajda qilasiz?» deb soradi! Agar shunday bolsa, siz va xalqingiz katta xatoga yo`l qo`ydingiz!» Ibrohim (a.s) Odamlar butlarga yoki tabiat hodisalariga sajda qilganda, Alloh bundan darg`azab bo`lishini bilar edi.
Ibrohim (a.s) Allohning sodiq quli edi va uning xalqi ham togri yoldan yurishini istar edi. Ammo uning qabilasi o`z bilganidan qolmas, va payg`arbar (a.s) ning so`zlarini tinglamas edilar. Bu holat Ibrohim (a.s) ni tashvishga solar edi. Shundan so`ng buyuk Robbimiz Ibrohim qavmiga cheksiz muruvvat korsatdi va paygambar (a.s) ga uning qabilasi nohaq ekanligini isbotlash yo`lini o`rgandi. Yaratgan Ibrohim (a.s) ga uchta alomat korsatdi, agar odamlar Alloh kim ekanligi haqida u bilan bahslasha boshlasalar, Ibrphim (a.s) odamlarga bu alomatlar bilan javob berishi mumkin edi. Quronda bu haqda hikoya mavjud.
Bir kuni Ibrohim (a.s) Yaratgan haqida fikrlab o`tirganida, u tungi osmonga qarab va ulkan yulduzni korib qoldi. «Bu yulduz bizning Robbimiz bolishi mumkinmi?!» degan fikr o`tdi hayolidan Tosatdan yulduz o`chdi va Ibrohim (a.s) ishonch bilan shunday dedi: «Men hech qachon o`chmaydiganni sevaman!!!»
Vaqt otdi va osmonda ajoyib yorqin oy paydo boldi. Va Ibrohim (a.s) o`ziga savol berdi: «Nahotki ularning barchasi bu mening Robbim deb oylayapti?«Bir muncha vaqt otgach, oy goyib boldi va Ibrohim (a.s) dunyoni Yaratgan oz xalqiga haqiqatni oshkor qilmasa, bu odamlar hech qachon togri yolni topa olmaydilar, deb o`yladi.
Ertasi kuni, Yer uzra porlab turgan quyosh kotarilganda, Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ehtimol, siz bu mening Robbim deb oylayotgandirsiz? -deya savol berdi. Bu men avval korgan hamma narsaning eng ulugvoridir». Lekin quyosh ham g`oyib bo`ldi. Va kunning oxirida Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ey qavmim! Shubhasiz, men siz qilayotgan gunohga sherik emasman: men Allohga shirk keltirmayman. Men faqat Unga sajda qilaman. U osmon shohligini va yerni yaratgan Egamdir». Lekin uni yana rad qildilar
Muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, Ibrohim (a.s) oz xalqini togri yolga qaytarish fikridan voz kechmadi. Bir kuni u qabilasidan soradi:
Siz sajda qilayotgan bu haykallar nima?
Ularga bizning ota-bobolarimiz sajda qilganlar - deb javob berdilar.
Siz va ota-bobolaringiz adashyapsizlar, dedi Ibrohim (a.s). Keyin Ibrohim ularga Yaratganning gazabini qozgatmaslik uchun faqat bitta Xudoga sajda qilishlari kerakligini tushuntirdi. Va bir kun butlarni yoq qilishi haqida qavmini ogohlantirdi
Mana bayram ham keldi. Bu paytda, Ibrohim (a.s) qavmidan bolgan odamlar, odatda, shahar tashqarisida oyinlar o`ynab, maroqli tarzda dam olishar edi. Ibrohim (a.s) hamma ketgunga qadar kutib turdi va eng katta butdan tashqari barcha butlarni mayda bo`laklarga sindirib tashladi.
Bir muncha vaqt otgach, odamlar qaytib kelib, xudolari deb hisoblagan butlarning qoldiqlarini topdilar. Bu ularni juda gazablantirdi.
Bizning xudolarimizni kim bu ko`yga soldi? qichqirishdi ular.
Ulardan bazilari Ibrohim (a.s) ning butlarga sajda qilishni qoralagani va hatto ularni sindirib tashlash bilan tahdid qilganini darhol esladilar. Yosh yigitni butler sindirilgan joyga olib bordilar va soradilar:
Ibrohim, buni sen qildingmi?
Ibrohim (a.s) ularga javob berdi:
Yoq. Ehtimol, jinoyatchi ularning eng kattasidir. Agar u gapirishni bilsa va sizga hamma narsani aytib bera olsa, nima uchun undan soramaysiz?
Bu sozlar bilan butparastlar uyatni his qildilar.
Bizning xudolarimiz gapirishni bilmasligini bilasanku, deyishdi ular bunga javoban.
Shunday qilib, siz na yaxshilik va na zarar keltirmaydigan narsaga ibodat qilishni xohlaysizmi? deb so`radi Ibrohim (a.s).