Sardor Nabievich - Bolalarga Tushunarli Islom стр 6.

Книгу можно купить на ЛитРес.
Всего за 480 руб. Купить полную версию
Шрифт
Фон

1. Alhamdulillahi robbil aalamiyn

Hamd olamlarning Robbi-Allohgadir

2. Ar-rohmanir rohiym

U Rohman va Rohiymdir

3. Maaliki yavmiddiyn

Jazo va mukofot kunining egasidir.

4. Iyyaaka na`budu va iyyaaka nasta`iyn

Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so`raymiz.

5. Ihdinas-sirootol mustaqiym

Bizni to`gri yolga hidoyat qilgin

6. Sirootol-laziyna an`amta`alayhim

O`zing ne`mat berganlarning yo`liga

7. G`oyril mag`zubi alayhimvalazzolliyn

G`azabga qolganlarnikiga ham emas adashganlarnikiga ham emas

IXLOS surasi

Bismillahir Rohmaanir Rohiym

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman

1. Qul huvallohu ahad

Ayt: «U Alloh yagonadir

2. Allohus-somad

Alloh Somaddir

3. Lam yalid va lam yulad

U tug`magan va tug`ilmagan

4. Va lam yakullahu kufuvan ahad

Va Unga hech kim teng bo`lmagan

FARISHTALAR

Siz, albatta, ota  onangizdan Alloh bizdan tashqari jinlar va farishtalarni yaratganligini eshitgandirsiz. Shunday qilib, odamlar loydan, jinlardan olovdan, farishtalar esa nurdan yaratilgan. Farishtalar hech qachon Allohning amridan chiqmaydi. Va aynan shu bilan ular odamlar va jinlardan farq qiladi.

Farishta Jabroil Allohning sozlarini paygambar Muhammad (s.a.v) ga yetkazdi va shuning uchun farishta Jabroilni xabar beruvchi farishta deb ataymiz. Bu haqda gapirib berganlarimni unutmaganmisiz, dono kichkintoylarim?

Musulmonlar farishtalar haqida Quroni Karimdan bilishadi. Har birimizga hamma yerda ikkita farishta hamroh boladi. Bu farishtalar insonning barcha amallarini kitobga qayd qiladilar. Ular bizning yaxshi va yomon ishlarimizni yozib boradilar. Shuning uchun, biz ularni yozuvchi farishtalar deb ataymiz.

Farishtalar turli bo`ladilar. Masalan, odamlarning jonini oladigan farishta mavjud. Biz uni olim farishtasi deb ataymiz.

Biz farishtalarni kormaymiz, chunki ular kozlarimiz uchun korinmas moddalardan yaratilgan.



Biroq biz ularning mavjudligini bilamiz, chunki Alloh bu haqda bizga xabar berdi. Boshqa barcha yaratiqlar singari, farishtalar ham Alloh tomonidan yaratilgan. Ular faqat Ungagina boysunadilar va uning amrini bajaradilar.

Biz quyosh chiqishi va botishi, osmon boylab bulutlar harakati, yomgir yog`ishi, osimliklarning osishi va boshqa koplab tabiat hodisalari Allohning irodasiga kora sodir bolishini bilamiz. Hech narsa uning irodasisiz sodir bolishi mumkin emas. Alloh unga sozsiz itoat qiladigan farishtalarni ham yaratdi. Ular Alloh irodasini bajaradilar, hamma narsa Alloh irodasiga monand sodir bolishini va unga muvofiq amalga oshishini taminlaydilar. Farishtalar Rabbimizning itoatkor xizmatkorlaridir.

Alloh inson unga itoat va ibodat qilishini, yaxshi amallar qilishini xohlaydi. Bizning Yaratuvchimiz unga ishonishimizni xohlaydi. Jabroil orqali Bilguvchi Parvardigorimiz Muhammad (s.a.v) ga qadar yashagan koplab paygambarlar bilan suhbatlashdi. Paygambarlar esa Alloh odamzotdan nimani kutayotganini unutmasliklari uchun odamlarga Allohning irodasini eslatib turdilar,. Bularning barchasi to`g`risida Quron va Paygambarimiz (a.s) ning haqqoniy hikoyalaridan bilib olishimiz mumkin.

Barcha paygambarlar ushbu sozlar bilan odamzotga murojaat qildilar:


SIZ FAQAT ALLOHGA ISHONISHINGIZ KERAK!

YOLGIZ UNGAGINA IBODAT QILING VA FAQAT

YAXSHILIK QILING!

ODAM ALAYHISSALOM

Barchangiz sirli hikoyalar va ajoyib sarguzashtlarni yaxshi korsangiz kerak! Paygambarlarning hayoti esa juda qiziqarli va hayajonlidir. Ushbu hikoya bilan biz sayyoramizda yashagan eng ajoyib insonlar haqida bir qator hikoyalarni oqishni boshlaymiz. Bu Allohning paygambarlari haqidagi hikoyalardir. Keling, ular bilan tanishaylik! Agar Allohning irodasi bolsa, siz ozingiz uchun yangi va ajoyib dunyoni kashf etasiz.

Odam (a.s) eng birinchi inson edi. Birinchi bo`lib Buyuk Parvardigor farishtalar va jinlarni yaratdi. Va ulardan keyin-ilk inson  Odam (a.s) ni yaratdi. Buyuk ijodkor o`z yaratig`iga kozlar, quloqlar, burun, qollar va oyoqlar ato etdi. Bizning tanamiz shakli Alloh tomonidan yaratilgan barcha boshqa jonzotlarning shakllaridan, masalan, hayvonlardan farq qiladi. Bolajonlar, inson Allohning eng buyuk yaratig`idir. Alloh insonni Yer yuzida yashashi va unga sajda qilishi uchun yaratdi.

Alloh Odam (a.s) ga ruh berdi va tiriltirdi. Dunyoning buyuk Robbisi yangi yaratiqqa hurmat belgisi sifatida farishtalar va Iblisga Odam (a.s) ga sajda qilishni buyurdi. Iblis bu jin. Bundan tashqari, uni shayton ham deb ataydilar. U barcha jinlar orasida eng obro`lisi bolgan va farishtalar bilan birga Jannatda yashagan. Farishtalar Allohning amrini bajo keltirdilar, lekin Iblis itoatsizlik qildi va birinchi odamga sajda qilmadi. Shayton Odam (a.s) dan gazablanib, undan nafratlanar edi. Iblis o`zini insondan yaxshiroq deb bilar, va Yaratganning sevgisiga va uning yaratiqlari hurmatiga o`zini hammadan koproq loyiq deb hisoblardi. Uning qalbiga rashk va hasad o`rnashdi.

Shunda Alloh itoatsiz shaytondan soradi:

 O, Iblis! Nima uchun mening yaratig`imga sajda qilmading? Kibr seni ko`r qilibdi yoki sen o`zingni boshqalardan ustun deb oyladingmi?

 Men undan yaxshiroqman!  takabburlik bilan javob berdi Iblis.  Axir sen meni olovdan, odamni esa oddiy loydan yaratding.

Shunda buyuk Robbimiz shaytonni oz inoyatidan bebahra qildi.

 Jannatdan chiq!  dedi Alloh Iblisga.

 Mening Robbim! Qiyomat kunigacha meni jazolama!  deb shayton hitob qildi.

O`zining hasadgoyligi va gazabi tufayli Iblis Odam (a.s) ham Allohga itoatsizlik qilishini va iymondan chiqishini xohladi. Va darhol ayyor bir reja tuzdi.

 Men tayinlagan kunga qadar jazoingni kechiktiraman», deb javob berdi Buyuk Alloh.

Iblis Odam Atodan nafratlana boshladi. U Allohni insonni boshqa yaratiqlardan ustun qoyganini hazm qila olmas edi. Shuning uchun, u Odam (a.s) ning dushmaniga aylandi va uni Allohning irodasiga qarshi borishga majburlashni niyat qildi.

Lekin Odam Ato, shaytondan farqli olaroq, Allohning itoatkor quli edi. Odam (a.s), avvalo, uni yaratgani uchun Robbisiga hamd aytdi. Yaratgan uni o`ziga yaqinlashtirgani va boshqa yaratiqlardan ustun qilgani uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi. Va biz ham, mening azizlarim, birinchi odam Allohni sevganidek, Robbimizni chin dildan sevishimiz kerak. Odam (a.s) kabi, bizni yaratgani uchun qudrat sohibi Allohga hamd-sano aytishimiz lozim. Va, shuningdek, birinchi odam paygambar Odam Ato (a.s) ibodat va sajda qilganidek, Unga ibodat va sajda qilishimiz kerak.

Odam Ato Jannatda yashar, va bir oz o`zini yolgiz his qilar edi. Shuning uchun mehribon Alloh uning uchun xotin yaratdi. Odam (a.s) uni korgach, u juda hayron bolib qoldi va soradi:

 Kimsan?

 Men ayolman,  dedi u

Odam Ato unga uylandi va birinchi ayol uning yonida Jannatda yashay boshladi. Farishtalar uni birinchi marta korgach, Odam (a.s) dan bu yangi yaratiqning nomi nima ekanini soradilar. «Bu Havvo», deb javob berdi Odam Ato.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3