Всего за 480 руб. Купить полную версию
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va musulmonlar kopchilik Allohga ishona boshlaganidan xursand boldilar. U vadasini bajardi va musulmonlarga yordam berdi. Ular nihoyat oz yurtiga qaytib kelishdi. Makkaga kirib, musulmonlar birgalikda ibodat qildilar. Ulardan bazilari shu yerda qolishdi, allaqachon Madinada o`rnashishga muvaffaq bolganlar qaytib ketishdi.
Ammo bundan keyin Madina musulmonlari yiliga bir marta Makkaga haj ziyoratini amalga oshiradigan bo`ldilar, chunki u yerda Kaba bor edi.
Kaba kubga oxshash, derazalarsiz katta tosh uydir («Kaba» «kub» degan manoni anglatadi). Uni Muhammad (s.a.v) dan ancha avval yashagan payg`ambarlar Ibrohim (a.s) va uning ogli Ismoil (a.s) bunyod etganlar. Har safar Kabaga qaraganimizda qanday inson bo`lishimiz kerakligi haqida Allohning kalomini eslaymiz. Biz esa, aziz bolajonlar, ALLOHGA ISHONISHIMIZ, FAQAT UNGA IBODAT QILISHIMIZ VA HAR DOIM YAXSHILIK QILISHGA HARAKAT QILISHIMIZ LOZIM.
Allohning bu buyrug`i sayyoramizning barcha odamlariga tegishli. Alloh odamlarga kop paygambarlarni yubordi. Ularning har biri oz xalqiga Allohning kalomini yetkazdi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam Allohning so`nggi rasuli edi. U bizga Quronni olib keldi, unda Robbimiz olamlarning kalomi qayd etildi. Bu Kalom, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Alloh tomonidan in`om qilingan eng buyuk mo`jizasi edi.
Quronda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ancha oldin yashagan boshqa paygambarlar haqida koplab hikoyalar mavjud. Ulardan bazilarini ushbu kitobda topasiz.
ALLOH VA QUR`ON
Mening o`quvchilarim! Muqaddas Quroni Karimda Allohning kalomi yozilganligi, u Farishta Jabroil tomonidan Paygambar
Muhammad (s.a.v) ga nozil qilinganligi yodingizda bo`lsa kerak. Unda bizga va Yer degan go`zal nom bilan ataluvchi sayyoramizda yashaydigan barcha odamlarga Buyuk Alloh tushuntirib bergan hamma narsani oqiy olishimiz mumkin.
Quroni Karimda paygambarlar haqida juda kop qiziqarli hikoyalar mavjud. Siz, albatta, nega paygambarlar kop bo`lgan deb mendan so`rashingiz mumkin. Alloh ularni faqat Ungagina ibodat qilish va yaxshilik qilish kerakligini eslatib turish uchun turli vaqtlarda odamlarga jonatdi.
Bundan tashqari, Quroni Karimda biz ishonadigan hamma narsalar, shuningdek, nimani qanday qilishimiz kerakligi haqida yozilgan. Agar Quroni Karimda yozilgan narsalarni tushunsak, va uning barcha korsatmalarini bajarsak, biz haqiqiy va baxtli musulmonlar bolamiz.
Alloh haqida bilgan hamma narsamiz bizga Alloh tomonidan aytilgan. Buning uchun u paygambarlarga farishta Jabroilni yuborgan. Aynan shu farishta Allohning kalomini Muhammad (s.a.v) ga yetkazgan. Rasululloh (s.a.v) esa boshqa odamlarga Bilguvchi Allohning sozlari va korsatmalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v) ozining sodiq dostlari va hamfikrlari Yaratuvchimizning har bir sozlarini yozib olishlariga ishonch hosil qildi.
Shuning uchun, Buyuk Allohning marhamati va Rasululloh (s.a.v) ning sabr-toqat, say-harakatlari tufayli bizning qo`limizda Quron bor.
Alloh yagona ilohdir. Musulmonlar, Allohdan boshqa hech qanday Iloh yoqligini takidlaydilar. Bu esa faqat Allohgina odamlarni, yerni, oy, Quyoshni va yulduzlarni, butun koinotni yaratishi mumkin, degan manoni anglatadi. U yagona Yaratuvchi. Shuning uchun biz faqat unga ibodat qilishimiz mumkin!
Mening aqlli bolalarim! Siz, albatta, bilasizki, Yer yuzida mavjud bolgan narsalarning kopchiligi oz qollaringiz bilan qilishingiz yoki mustaqil ravishda ostirishingiz mumkin. Masalan, agar siz tuproqqa uruglar ekib, bir necha oy kutib tursangiz bir muncha vaqt otgach ulardan hosil beradigan osimliklar osib chiqadi. Yerga uruglarni ekish oson ish emas. Biroq, oquvchilarim ozingizga bir muhim savolni berishingiz kerak: tuproq qayerdan kelib chiqdi, bu uruglar qaerdan paydo boldi? Uruglarni boshqa osimliklardan olish mumkin, deb aytishingiz mumkin va siz haq bo`lasiz. Lekin oylab koring, axir boshqa osimliklarning osish uchun ham yer kerak! Xosh, u qayerda paydo boldi?
Yer qum, minerallar, boshqa modda tuzlarining eng kichik zarralaridan iborat. Unda qum va barcha moddalar qayerdan paydo bo`lgan?
Unib-o`sishi uchun daraxtlar ham suvga muhtoj. Suvchi? U qayerdan paydo bo`ldi? Quyosh nuri qanday paydo bo`lgan? Osimliklar qanday osayotganini kuzatib borishimiz uchun bizga kunlar va tunlar kerak boladi. Ammo har bir gul, buta va daraxt ma`lum bir vaqtda eklishi kerak, shunda ular yaxshi o`sadi va nobud bo`lmaydi. Ayrim osimlik issiqlikni, boshqasi sovuqni yaxshi koradi. Yer yuzida juda kop turli xil osimliklar mavjud!
Yuqorida aytganimdek, yerga urug ekish qiyin emas. Biroq, hech kim ularni osishi uchun barcha sharoitlarni qilib bera olmaydi. Hech kim yerni, havoni, nurni va suvni yaratishga, kunni kech bilan almashtirishga qodir emas.
Xuddi shu holatni osimliklardan boshqa narsalarda ham ko`rishimiz mumkin. Misol uchun, bir kishi uy qurishni biladi. Buning uchun u gishtlarga muhtoj. Gishtlar esa biz yarata olmaydigan loydan, ohakdan, qumdan va suvdan tayyorlanadi. Yoki bir kishi avtomobil va samolyotlar qurmoqchi. Lekin buning uchun, boshqa narsalar qatorida, kauchuk va temir kerak. Bu narsalarni ham Allohning yordamisiz yaratolmaydi. Temirni bazi toshlar tarkibida topish mumkin. Agar bu toshlar qizdirilsa, temir suyuqlikka aylanadi va sizib chiqadi. Kauchuk daraxtlarning ayrim turlarida uchraydi. Agar siz bunday daraxtning qobigini kessangiz, suyuq kauchuk oqadi. Ammo bularning barchasi inson qoli bilan yaratilishi mumkin emas. Biror kishi ozi uchun foydali narsalar qilganda, u tabiatda mavjud bolgan materiallardan foydalanadi. Butun aqli, qobiliyati, iqtidoriga qaramay, inson ularni yaratishga qodir emas. Agar bu narsalar bolmasa, u na mashina, na samolyot, na boshqa narsalarni yarata olmaydi.
Inson oz ehtiyojlari uchun foydalanadigan hamma narsa Alloh tomonidan yaratilgan. U bizga kerak bolgan hamma narsani berdi.
Buning natijasida odamlar uy qurishlari, ekinlar yetishtirishlari va hayvonlarni ko`paytirishlari; oziq-ovqat ishlab chiqarish, kiyim-kechak tayyorlash va kompyuterlarni yaratishlari mumkin.
Allohning marhamatisiz inson hech narsa qila olmaydi. O`zining mavjudligimiz uchun ham Allohga shukr aytishi lozim. U Yer, Quyoshni, havoni, suv va yana koplab narsalarni yaratdi. Bularning barchasi bolmasa, odamlar omon qololmas va Yer yuzida yashay olmasdilar. Yuqorida bilib oldingizki, bolajonlar, inson ham Alloh tomonidan yaratilgan. Uning marhamati bilan odamlar hali ham ushbu sayyorada yashab kelmoqdalar.
Mening aqllilarim, keling birgalikda aytilganlarni xulosalaymiz! Hamma narsa Allohdan va hamma narsani faqat U beriladi. Shuning uchun musulmonlar: «Allohdan boshqa iloh yoq!», deydilar. Axir, Alloh yer yuzidagi hamma narsani yaratuvchisi. Bizning Yaratuvchimiz Quronda bizga hamma narsa yaxshilik va foyda keltirishi uchun nima qilish kerakligini tushuntirib berdilar. Oz sozlarini boshqa odamlarga yetkazishi uchun u paygambarlarni yubordi. Va biz ularning so`zlariga ergashishga harakat qilishimiz kerak.
Inson Allohning qulidir. Bizning Buyuk Allohimiz odamlarni faqat unga sajda qilish uchun yaratdi. Shuning uchun biz doimo Alloh haqida oylashimiz va shukr qilishimiz kerak. Chunki u biz haqimizda qayg`uradi!
FOTIHA surasi
Bismillahir Rohmaanir Rohiym
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman1. Alhamdulillahi robbil aalamiyn