Всего за 480 руб. Купить полную версию
Makkaning iymonsiz aholisi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nafratini sochar edilar, chunki Paygʻambarimiz (s.a.v) ularga yomon ishlarini yodga solar edilar. Bir kuni ular Majlislar uyida toʻplanib, butun shahar uxlab yotganida uni oʻldirishga kelishib oldilar. Alloh Muhammad (s.a.v) ga farishta Jabroilni ogohlantirish uchun yubordi va bu kecha Makkani tark etishni buyurdi. Endi Rasululloh (s.a.v) uning dushmanlari unit a`qib qilayotganini va hech qachon shaharni tark etishiga ruxsat berishmasligini bilar edi. U, albatta, Allohning buyrugʻiga itoat etdi. Dastlab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakrning uyiga borib, unga: «Alloh bizga Makkani tark etishni buyurdi», dedi. «Birgalikdami?» deb soʻradi Abu Bakr. «Ha, birgalikda», deb javob berdi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Shundan soʻng Abu Bakr quvonchidan yigʻlab yubordi. U buyuk safarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga boʻla olishidan xursand edi. Va u shunday dedi: «Ey, Allohning elchisi! Men ikkalamiz uchun ikkita tuya tayyorladim». Kechqurun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alini oʻz yotogʻiga yotqizdi, shunda dushmanlar Paygʻambar (s.a.v) uxlab yotibdi deb oʻylashar edi.
Zulmat tushganidan soʻng, Quraysh qabilasining yosh jangchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uyi atrofida toʻplanib, uning chiqishlarini kutib turishdi. Ular uyda uxlab yotgan odamni koʻrdilar va bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanligiga toʻliq ishonishdi Biroz vaqt oʻtgach, Muhammad (s.a.v) uydan chiqdi. Shu payt Alloh barcha askarlarni koʻz nuridan mahrum qildi va ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning yonidan qanday oʻtib ketganini koʻrmay qoldilar. Bundan tashqari, Paygʻambar (s.a.v) ning bir hovuch changni olib, ularning boshlari uzra sepib, Qurondan oyatlarni oʻqiganini sezmadilar.
Butun kecha davomida jangchilar Paygʻambar (s.a.v) ni oʻz uyida poylab turishdi. Ammo ertalab Muhammad (s.a.v) ning oʻrniga Ali uydan chiqib keldi. Shu paytda ular gʻazab otiga mindilar, chunki ularning rejasi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Ular Alini ushladilar, lekin u Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqida hech narsa demadi va tez orada yosh yigitni qoʻyib yuborishga majbur boʻldilar.
Bu paytda esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yashirincha Abu Bakrning yoniga keldilar va ular birgalikda yoʻlga tushdilar. Ular shaharni tark etgach, Paygʻambar (s.a.v) atrofga qaradilar va dedilar: «Allohning mulkida boʻlgan hamma makonlar ichida sen uning uchun ham, men uchun ham eng qadrli joysan, agar mening xalqim meni quvgʻin qilmaganida edi, men seni hech qachon tark etmasdim» (yani, Makka shahri).
Qurayshiylar Abu Bakr va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shaharni tark etishganini bilishgach, ular darhol hamma joydan ularni qidira boshladilar. Nihoyat, ular qochoqlar bekingan gʻorga yetib kelishdi. Shundan soʻng ajoyib hodisa yuz berdi. Gʻorning kiraverishida oʻrgimchak toʻr toʻqib, tortdi, bir juft kaptar esa uyni qurdi. Makkaliklar gʻorning ogʻzida toʻxtaganlarida, ularni qochoqlardan faqat oʻrgimchak toʻri ajratib turar edi. Abu Bakr qoʻrqib, Paygʻambar (s.a.v) ga pichirladi: «Ular juda yaqin. Agar ulardan biri biz tomonga qarasa, darhol bizni koʻrib qolishadi». Ammo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni tinchlantirib shunday dedi: «Agar ular bilan Alloh boʻlsa, bu ikkita bandaga nima boʻlishi mumkin?».
Makkaliklar gʻorning ichkarisini qidirib oʻtirmadilar, chunki u yerga hech kim kirmagan deb hisobladilar, aks holda oʻrgimchak toʻri uzilgan, kaptar esa un qurmasdi.
Uch kundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr gʻorni tark etishga qaror qildilar. Abu Bakr bir vaqtlar qullikdan sotib olgan Amir ismli bir kishi ikkita tuya va yoʻl boshlovchini olib keldi, u Madinagacha yetib olishlariga yordam berish kerak edi. Alloh butun yoʻl davomida qochoqlarni qoʻllab bordi, shuning uchun yovuz taqibchilar ularni ushlay olmadilar. Islom Paygʻambari (s.a.v) va uning sodiq doʻsti Abu Bakr Madinaga yetib borishdi.
Paygʻambar (s.a.v) ning birinchi musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koʻchirilishi Hijrat deb ataladi. Bu butun dunyo boʻylab Islomni tarqatish yoʻlidagi birinchi qadam edi. Musulmonlar hijrat yilidan boshlab oʻz hijriy yil hisobini boshladilar.
Madinada hamma narsa Makkadagidan butunlay boshqacha edi. Paygambar Muhammad (s.a.v) koplab dostlari orttiradi. Ular dushmanlari sonidan bir necha barobar koproq edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh Madina aholisi va Makkaning kochmanchilariga birodar bolishni hamda bir-birlarini birodarlarcha sevishi lozimligini buyurganini elon qildi. Madinagi musulmonlar- ansorlar o`zlarida mavjud mulklarining yarmini yangi birodarlari makkalik muhojirlarga in`om qildilar. Ammo Makkaning aholisi bu yerda ham Paygambar (a.s) ni tinch qo`ymadilar. Ular musulmonlarga qarshi urush olib borish uchun Madinaga bir necha bor kelishdi. Biroq, Alloh har doim o`z Paygambari (a.s) ni va birinchi musulmonlarni qollab-quvvatladi hamda ularga dushmanlarni yengishga yordam berdi.
Madinada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohdan vahiy olishni davom ettirdi. Vahiy unga har doim Farishta Jabroil tomonidan keltirilar edi. Bu vahiylar Quron deb nomlangan Allohning kitobida bitildi. Ushbu ajoyib kitobda, Alloh odamlarga xabar berishni xohlagan hamma narsani ko`rishimiz mumkin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinada har kuniga besh mahal ibodat qilinagan masjid qurdirdi. Yiliga bir marta ular bir oy roza tutar edilar. Bu oy mobaynida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda uning izdoshlari tongdan to quyosh botgunga qadar hech narsa yemas va ichmas edilar. Ular buni faqat Alloh yo`lida qilar edilar, chunki Alloh ularga shunday qilishni buyurdi. Paygambar sollallohu alayhi va sallamning izdoshlari kamtar yashashga, kam ovqat yeyishga organdilar. Shuning uchun ularda ko`p oziq-ovqat ortib qolar, bu mahsulotlarni kambagallar bilan baham ko`rar edilar. Musulmonlar, shuningdek, kambagallarga pullarining bir qismini ham berar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda uning izdoshlari faqat Allohga ishonar, faqat ungagina ibodat qilar edilar. Har doim Uning amriga bo`ysundilar. Aynan shuning uchun, aziz bolalar, Alloh ularni musulmonlar deb atadi. Axir, musulmonlar bu Allohga ishonadiganlar va faqat unga ibodat qiladiganlardir. Ular oz nafslarini irodasiga toliq boysundiradilar va har qanday holatda Quronning so`zlariga va paygambar Muhammad (s.a.v) ning korsatmalariga amal qiladilar.
Oradan ancha vaqt otdi va iymonsiz arablar Allohning qo`llashi tufayliIslom paygambari (a.s) ularga qaraganda kuchliroq ekanligini tushuna boshladilar. Shuning uchun, ular Payg`ambar (a.s) bilan jang qilishni toxtatishga qaror qildilar. Bu dunyoda Allohdan buyukroq hech kim va hech narsa yoqligini biz bilamiz! «Biz Muhammad (s.a.v) ni yengishga qodir emasmiz, chunki Alloh unga madad beryapti, der edi kofirlar o`zaro suhbatlashganda, Allohga va uning Rasuliga (a.s) iymon keltirishimiz hamda faqat bitta Allohga ibodat qilishimiz kerak».
Farishta Jabroil paygambar Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldida birinchi marta paydo bolganidan beri yigirma yil otdi. Uzoq davom etgan urushlar va dushmanlik toxtadi. Paygambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshchiligidagi musulmonlar Makkaga qaytib kelishdi. Ular endi shaharni qamal qilishlari va aholini jangga chaqirishlari shart emas edi. Makkaliklar shahar darvozalarini o`zlari ochib berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va musulmonlar kopchilik Allohga ishona boshlaganidan xursand boldilar. U vadasini bajardi va musulmonlarga yordam berdi. Ular nihoyat oz yurtiga qaytib kelishdi. Makkaga kirib, musulmonlar birgalikda ibodat qildilar. Ulardan bazilari shu yerda qolishdi, allaqachon Madinada o`rnashishga muvaffaq bolganlar qaytib ketishdi.