Abduraxmonov Sultonali Mukaramovich - LaTeX ga kirish. Darslik стр 5.

Книгу можно купить на ЛитРес.
Всего за 364.9 руб. Купить полную версию
Шрифт
Фон

\documentclass [12pt, twocolumn] {book}

Umumiy hujjat matni quyidagicha boladi:

\documentclass [12pt, twocolumn] {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% shriftni kochirishsiz qoshish

\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish

\begin {document}

Олдин {шрифтни ўтказамиз

\itshape курсив;

Кейин шрифтни яна ўзгартирамиз

ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}

кузатинг, қандай тикланишини

} шрифт

кейин охири {да г} руппа.

Олдинги холатда бўлади.

\end {document}

Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:



Etibor qarating, programma matnni 12 kegl shrift bilan betda ikkita kolonka qilib chiqarmoqda (ikkinchi kolonka joyi turibdi).

Nazorat savollari

1. 12 kegl nimani anglatadi?

2. Buyruq argumenti qanday bolishi mumkin?

3. Majburiy argument buyruqda qanday korsatiladi?

4. Majburiy bolmagan argument buyruqda qanday korsatiladi?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu oz navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini shrift olchamlarini ozgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn sozlarini turli olchamli va olchamli shriflarda chop etishni tashkil eting.

3. Kiritilgan matn sozlarini turli olchamli shriflarda chop etishni gruppalashdan foydalanib tashkil eting.

4. Kiritilgan matn sozlarini turli olchamli shriflarda chop etishni tashkil etishda probellarni boshqarish mexanizimini organing.

3. Hujjat stili

3.1. Hujjat asosiy buyruqlari


\documentclass {article}

Bu buyruq majburiy buyruq hisoblanib, har qanday LaTeX dagi hujjat (dastur) shu buyruq bilan boshlanadi. Buyruq kiritilayotgan hujjut sinfini belgilaydi. Bizni xolatda hujjat sinfi «article» (maqola).

LaTeX buyruqlarida «majburiy (объязательный) va «majburiy bolmagan (не объязательный) argumentlar ishtirok etishi mumkin. Majburiy argument korsatilishi shart bolgan argument hisoblanib, agar korsatilmasa tizim xatolik korsatadi. Majburiy bolmagan argumentdan zarur xolatlarda foydalaniladi. Shuning uchun u korsatilmasa tizim xatolik bermaydi.

Buyruqni umumiy tarkibi quyidagicha:

\documentclass [options] {class} [release-date]

{class}  majburiy argument bolib, hujjatni (matnni) sinfini belgilaydi. Korinib turibdiki majburiy argumentlar {} figurali qavsda korsatiladi.

Hujjatlar sinflari standart quyidagicha bolishi mumkin: article (maqola), proc (maruza), book (kitob), report (hisobot), letter (xat), slides (slaydlar) va boshqalar.

LaTeX kiritilishi rejalashtirilgan hujjatni sinfiga qarab oldindan tizim resurslarni rejalashtiradi (resurslardan foydalanishni).

[options]  majbur bolmagan argument bolib, hujjatni qoshimcha parametrlarini kiritishni taminlaydi.

Misol:

\documentclass [a4paper,12pt] {article} [2000/05/19]

[a4paper,12pt]  majburiy bolmagan argument, saxifa qogoz olchami va shrift olchamini belgilaydi;

[release-date]  majburiy bolmagan argument, hujjatni tayyorlangan yoki redaktorlangan vaqtini belgilaydi.

\usepackage [cp1251] {inputenc}

Bu buyruq «deklaratsiya» xarakteriga ega bolib, hujjat uchun zarur bolgan paketlarni (funksiya, podprogrammalarni) oldindan yuklab qoyish uchun qollaniladi. Kopchilik adabiyotlarda uni «preambula» buyrugi ham deb ataladi. Uni manosi (zagatovka) hujjat uchun tayyorlab olish deb tushiniladi. Buyruq umumumiy korinishi quyidagicha:

\usepackage [options] {package} [release-date]

[options]  majburiy bolmagan argument bolib, hujjat uchun qoshimcha parametrlarni kiritish uchun qollaniladi. Misol uchun bizni xolatda

[cp1251]  argument hujjatda qollaniladigan simvollar kodini korsatadi.

{package}  majburiy argument bolib, hujjat ni qayta ishlash uchun yuklanishi zarur bolgan paketni korsatadi. Bizni xolatda:

{inputenc}  paket MS Windows muhitida qollaniladigan shriftlarni 1251 kodirovkasini yuklab olinishini korsatadi.

\usepackage [T2A] {fontenc}  buyruq ingiliz tilidagi hujjatga rus tilidagi matn qoshilishi mumkinligini taminlaydi. U babel paketini orniga fontenc (shrift) paketini T2A parametiri bilan yuklanishini taminaydi.

T2A  matn xarfini kochirish taminlanmagan kodirovkasi.

\usepackage [russian] {babel}  buyruq ingiliz tilidagi matnga rus tili matnni qoshish babel paketini russian qoshimcha bilan yuklanishini tashkil etadi.

Agar ingiliz tili va rus tili matnlari bitta hujjatda boladigan bolsa buyruqni quyidagicha ifodalash mumkin:

\usepackage [russian, english] {babel}.

%%  kommentariya qatorini belgilaydi. Shu belgidan keyingi kiritilgan matn kompanovka vaqtida hisobga olinmaydi. U kommentariya vazifasini otaydi.

\begin {document}  buyrugi hujjatdagi matn muhitini (doirasini) boshlanishini belgilaydi.

\end {document}  buyrugi hujjatdagi matn muhitini tugashini belgilaydi.

Keltirilgan muxitdan tashqarida kiritilgan matnlarni kompanovshik hisobga olmaydi va u togrisida xatolik bermasligi ham mumkin.

Nazorat savollari

1. Hujjat sarlavhasi deganda nima nazarda tutiladi?

2. Ushbu tizimda maqola qanday belgilanadi?

3. Matn kiritish tizimi qanday quriladi?

4. begin va end qanday maqsadda foydalaniladi?

5. Books nima degani?

Topshiriqlar

1. «LaTeX tizim matematika, kimyo, umuman texnika yonlishi maqola, kitob va boshqalarni standart korinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun moljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy korinisda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.» matnini article (maqola), proc (maruza), book (kitob) sinflarida ozgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. \documentclass buyrugidan foydalanib tashkil etilgan matnni shriftini olchmini ozgartirib chop etishga tayyorlang.

3. %% dan foydalanib matn tarkibiga komentariya kiriting.

4. Matin tarkibiga «krill» alifbosida informasiya kiritishni tashkil eting.

3.2. Dasturda kommentariya qoshish

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 shrifni kochirissiz qoshish

\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish

\begin {document}

Комилжон ишга келиб 1030 да чикиб кетди.

\end {document}

Ekranda korish quyidagini beradi:

«Комилжон ишга келиб 1030 да чикиб кетди.»

Korinib turibdiki, %% belgisidan keyingi yangi kiritilgan matn etiborga olinmaydi. U foydalanuvchi uchun kommentariya bolib xizmat qiladi.

3.3. Ingiliz alfabitida matn qoshish

\documentclass {article} \usepackage [T2A] {fontenc} %% shrifni kochirissiz qoshish\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish \begin {document} Комилжон ишга келиб 1030 да чикиб кетди. Ivan come in hose/\end {document}

Hujjat kompanovka qilinib, korish rejimiga otilsa, ekranda quyidagi xosil boladi:



Etibor bering, ingliz alfabitida matn kiritish qoshimcha paketlarni yuklashni talab etmaydi. Bizni xolda matn keyingi qatordan davom ettirilgan bolsa xam, LaTeX matnni qatordan davom ettiradi. U matn kiritishdagi qatorlarni etiborga olmaydi. Yangi qatordan matnni davom ettirish uchun maxsus buyruqdan foydalaniladi. Bu buyruqni kelgusida organamiz.

Nazorat savollari

1. Hujjatda komentariya nima ushun kerak?

2. Komentariyani kiritish qanday amalga oshiriladi?

3. Hujjatda buyruqni qaysi simvol bilan boshlaniladi?

4. Deklarasiya buyrugini qanday korsatiladi?

Topshiriqlar

1. «LaTeX matnli malumotlarni chop etishgat ayyoralsh, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni ozgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matnini article (maqola) sinfida chop etilishini tashkil eting.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора