Abduraxmonov Sultonali Mukaramovich - LaTeX ga kirish. Darslik стр 2.

Шрифт
Фон

· Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash;

· Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash;

· Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash;

· va hokazo.

Bir soz bilan aytganda TeX tizimi matnlarni kitoblarda qanday korinishda chop etilishi kerak bolsa shu korinishda kuzatish va yuqori poligrafik sifatga erishish uchun qollaniladi.

Tizimni yutuq va kamchiliklari umumlashtirilgan holda quyidagicha keltirish mumkin:

 Bu tizimda tayyorlangan matn boshqa bir kompyuter yoki boshqa operatsion tizim, redaktorga otkazilganda shaklini ozgarishsiz saqlaydi;

 Tayorlangan matnni shrift, mavzular, tematikalar (oglavleniye), bolimlarni nomerlash tashqaridan, yani matn ichiga kirmasdan buyruq asosida bajarilishini tashkil etadi;

 Abzaslarni sozlash va matematik formulalarni kiritishni yuqori darajada amalga oshirish imkoniyatini beradi;

 Tayorlangan matnli informatsiyani qabul qilish va qayta ishlash uchun bir tizimdagi kompyuter tanlash shart emas, matnni ixtiyoriy turdagi printerda ozgarishsiz chop etilishi taminlaydi.

Tizimda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

 Matnni qayta ishlashda kundalik foydalanilayotgan matn redaktorlari singari matn korinishini bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas;

 Matn korinishini tubdan ozgartirish uchun matn strukturasini qayta korib chiqish zarur.

 Matnga jadval, grafik yoki tasvirni joylashtirish uchun maxsus buyruqlarga murojat qilish zarur boladi.

Nazorat savollari

1. LaTeX ni kim ishlab chiqqan?

2. LaTeX va Tex ortasidagi farq nima?

3. Qanday Tex ilovalari ishlab chiqilgan?

4. Tex nima uchun ishlatiladi?

5. Ushbu tizimni organishdan maqsadi nima?

Topshiriqlar

1. Internet tarmogidan foydalanib xozirda mavjud bolgan matn redaktorlarini aniqlang va ularni imkoniyatlarini tahlil eting.

Ilmiy texnik matnlarni chop etishga yonaltirilgan amaliy dasturlarni tahlil qiling va eng optimal imkoniyatga ega bolganlarini nomlarini keltiring.

1.2. Kompyuterga LaTeX ni ornatish

LaTeX tizimi quyidagi dasturlar yigindisi korinishida faoliyat yuritadi:

 kompilyator (MikTeX);

 matn redaktori (TeXMaker);

 tayyorlangan matnni ekranga chiqarish dasturi (SumatraPDF).

Bu yerda shuni takidlash lozimki, TeXMaker va SumatraPDF dasturlari orniga boshqa dasturlardan ham foydalanish mumkin. Boshqa dasturlani internet orqali olish, ularni ornatish va sozlash tizimlari boyicha instruksiyalar bilan tanishish mumkin. Faqat biz kundalik faoliyatda keng foydalaniayotgan dasturlar tizimiga toxtalmoqchimiz.

Dasurlarni quyidagi internet manzillaridan bepul yuklab olish mumkin:

a. MikTeX: http://miktex.org/download;

b. TeXMaker:

http://www.xm1math.net/texmaker/download.html#windows;

c. SumatraPDF: http://www.sumatrapdfreader.org/download-free-pdf-viewer-ru.html.

Bu yerda shuni aloxida etiborga olish lozimki, tanlangan dasturlar versiyasi ornatilmoqchi bolingan kompyuter razryadiga mos bolishi kerak.

Kompanovkachi MikTeX ni 2.9 versiyasi 32 bit razryadli kompyuterga ornasa, 20.6 versiyasi 64 bit razryadli kompyuterga mos boladi. Xuddi shuning singari TeXMaker va SumatraPDF dasturlari uchun ham kompyuter razryadiga mos versiyalari tanlanadi.

Kompyuterga dasturlar yuklab olingandan keyin, sanab otilgan ketma ketlikda ornatiladi. Ornatish jarayonida foydalanuvchi «Admin» statusida bolishi kerak.

Xar bir ornatilgan dasturni togri ornaganligini sinab korish uchun uni operatsion tizim «pusk» knopkasidan ornatilagan dasturni ishga tushirish faylini topib ishga tushirish kerak.

MikTeX dasturini (asosiy kompanovshik dastur) ishga tushirish uchun quyidagi dastur ishga tushiriladi:


Rasm 1.1. MikTeX dasturini «Admin» statusida ishga tushirish.


MikTeX dasturini kompyuterga tola ornaganligini quyidagi ekranni chiqishi tasdiqlaydi:


Rasm 1.2. MikTeX dasturini yuklanganligini korsatuvchi oyna.


TeXMaker dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:


Rasm 1.3. TeXMaker dasturini ishga tushirish.


Ekranda quyidagi interfeys xosil boladi:


Rasm 1.4. TeXMaker dasturini ekran interfeysi.


SumatraPDF dasturini ornatilganini tekshirish uchun ishga tushirish quyidagicha:


Rasm 1.5. SumatraPDF dasturini yuklash.


Ekranda quyidagi xosil boladi:


Rasm 1.6. SumatraPDF dasturini yuklanganligini korsatuvchi oyna.

Nazorat savollari

1. LaTeX funksiyasini aytib bering

2. Matnni qayta ishlash tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

3. Ornatish uchun qanday tayyorgarlik koriladi?

4. Ornatish ketma-ketliklarini tariflang

5. Miktex versiyalarini qanday tanlanadi?

Topshiriqlar

1. MikTeX dasturini versiyalarini internet tarmogidan yuklab oling va ularni taxlil qiling.

2. Siz foydalanayotgan kompyuter texnik xarakteristikasidan kelib chiqib mos MikTeX versiyasini ornating.

3. MikTeX dasturini ishga tushirib togri ornaganligini tekshirib koring.

4. SumatraPDF dasturini internet tarmogidan yuklab olib kompyuterga ornating.

2. Hujjat strukturasi

LaTeX tizimida hujjat strukturasini amaliy misollar asosida tushintirish uchun kompyuterni tizimda ishlashini taminlab olish zarur. Buning uchun tizimda keng qollanilayotgan TeXMaker amaliy dasturini sozlash va undan foydalanish metodikasini bilib olishni korsatib otamiz.

2.1. TeXMaker ni sozlash

Yuqorida takidlab otdikki, LaTeX bu tizim, tizim oz faoliyatini uchta sanab otilgan dasturlar asosida olib boradi. Tizim ishlashi uchun dasturlar birligini tashkil etish kerak. Buning uchun hozirda keng qollanilayotgan TeXMakerni sozlash yetarli.

TeXMakerni ishga tushishi bilan ekranda uni quyidagi interfeys xosil boladi:


Rasm 2.1. TeXMaker asosiy oynasi.


Rasm2.1.da: 1- matn va buyruqlarni kiritish maydoni, 2- kompanovka davrida buyruqlarni mashina tiliga otkazish jarayonini korsatish maydoni, 3- tayyorlangan matni korish maydoni, 4- matni qayta ishlash dasturini strukturasini korsatib turish maydoni, 5- interfeysni instrumentlarini oz ichiga olgan bolimlarni korsatuvchi qatori, 6- interfeys instrumentlarini ishga tushirish qatori.

TeXMakerni sozlash uchun interfeysni «5» qatoridan «настройка» bolimini sichqoncha yordamida ochamiz, ekranda quyidagi xosil boladi:


Rasm 2.2. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi.


Bu erdan «Настройка TeXMaker» buyrugini ishga tushirib, u yerdagi 4 ta bolimlarni keltirib otilgan tartibda sozlanadi. Har bir bolimlarda kop sondagi punktlar bolib, ularni tizim ornatilgan kompyuter uchun individual sozlanishi kerak:


а) TeXMaker ni buyruqlar bolimi

Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


б) TeXMaker ni tez belgilash bolimi

Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


в) TeXMaker ni tahrir bolimi

Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


г) TeXMaker ni tahrir bolimi Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


Sozlash vaqtida dasturlarga yol korsatishda, kompyuterga sanab otilgan uchta buyruq joylashish yoli va tanlangan shriftlar korsatilishi kerak. Keltirilgan Rasm 2.3 dagi sozlashlar misol sifatida olingan.

Nazorat savollari

1. LaTeX ni sozlashdan maqsad nima?

2.Tizimni sozlash ketma-ketligini aytib bering.

3. TeXMaker interfeysini har bir bolimini tushintiring.

4. «pdf» formatni korish uchun qaysi amaliy dasturni ornatish tavsiya etiladi?

Topshiriqlar

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3

Популярные книги автора