LaTeX ga kirish
Darslik
Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov
Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharrir Salim Madraximovich Otajonov
Illustrator Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Sultonali Mukaramovich Abraxmonov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Taqrizchi, Fargona davlat universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Karimberdi Egamberdiyevich Onorqulov
Taqrizchi, Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Mamatiso Latibjanovich Djalilov
Korrektor Oqiljon Axmedovich G'ofurov
© Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov, 2023
ISBN 978-5-0059-2939-6
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
Annotasiya
Ozbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib orin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa ziyolilarni manaviy salohiyati, iqtisodiy ozgarishlarni togiri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun oquv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu borada «LaTeX ga kirish» fani ham kelajak mutaxassislarini zamon talabidan kelib chiqqan holatda matnli malumotlarni innovatsion tamoyillar asosida qayta islash va chop etishga tayorlash texnologiyalari boyicha bilim va konikma beradi.
Ushbu darslik xozirgacha mavjud adabiyotlar, maqola, taqdimotlar va korsatmalar asosida tayyorlandi. Barcha foydalanilgan materiallar nomlari va manzillari korsatib otildi. Darslikda keltirilgan har bir misol tizimda sinalgan.
Darslikdagi materiallar ketma-ketligi fan boyicha tavsiya etilgan fan dasturiga mos keladi. Har bir mavzudan keyin mavzu boyich nazorat savollari, topshiriqlar berilgan. Talaba mavzularni ozlashtirish darajasini aniqlash uchun savollarga mustaqil javob berishi va topshiriqlarni bajarishi yetarli. Bundan tashqari fan boyicha glossariy va test savollari toplami berilgan. Shuning uchun oquv qollanmadan fanni mustaqil organuvchilar ham keng foydalanishi mumkin.
Kirish
Respublikada talim sohasidagi islohotlar olib borilayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yonalishlaridan biri ekanligini korsatadi. Erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini taminlash kabi pirovard maqsadlarga talim sohasini tubdan ozgartirmasdan va zamonaviy asosda qayta qurmasdan turib erishib bolmaydi. Oliy oquv yurtlarida tayorlanayotgan kelajak kadlarini zamon talablari asosida tayorlash mamlakatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoshlishida muxim omil bolib qolmoqda. Kelajak kadrlarini sifati, imkoniyatlari mutaxassislik fanlari tarkibiga bogliq. Shuning uchun oquv reja tarkibiga fanlarni kiritishda fanni mutaxassisligidan kelib chiqilishi, uni zamon talabidan belgilanishi zarur. Har bir fan tarkibi soxani kelajakdagi yonalishiga mos bolish, mutaxasisni kelajakka tayorlab borish kerak. «LaTeX ga kirish» fani ham axborot kommunikatsiyalari soxasi mutaxasislariga ilmiy matematik matnli informasiyalarni qayta ishlash, ifodalash va chop etishga tayorlash masalalarini yechishga tayorlashga qaratilgan. Fan «Axborot kommunikatsiyasi sohasida kasbiy talim» bakalavr talim yonalishi oquv rejasiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Lekin «LaTeX ga kirish» fani boyicha ozbek tilida adabiyot mavjud emas. Shuning uchun fandan darslik tayorlanishi dolzarbdir.
Darslikni tayyorlashda ingiliz va rus tilida chop etilgan adabyotlardan foydalanildi. Asosiy adabiyot sifatida. 2003 yilda chop etilgan «С. М. Львовский, Набор и вёрстка в системе L A T E X qollanmasi olindi.
LaTeX tizimi matematika, kimyo, umuman texnika yonlishida maqola, kitob va boshqalarni standart korinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun moljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy korinishda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.
Darslikni asosiy maqsadi, tizimni organuvchilarga maksimal sharoit yaratish maqsadida har bir mavzu aniq misollar bilan tushintirishga yonaltirish boldi. Misollar foydalanishga tayyor bolib, har biri kompanovka qilinib, olingan natijalar keltirilgan. Organuvch keltirilgan misollarni LaTeX tizimiga kiritib, natija olishi va ozgarishlar kiritib tizim buyruqlarini misollar asosida amaliy ozlashtirish imkoniyatiga ega.
1. «LATEX ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari
1.1. LaTeX dan foydalanish asoslari
LaTeX matnli malumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni ozgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth). U bu tizimni matematika yonalishidagi ilmiy maqolalarni oson kompyuterga kiritish maqsadida otgan asrni 70 yillarida yaratgan. U yaratgan tizim TeX deb atalgan. Kunt tizim tilini yaratishdan tashqari u uchun translyator dasturini ham yozgan. Yaratilgan tizimda tayyorlangan matnli informatsiyalar korinishi ixtiyoriy konfiguratsiyadagi kompyuterga kiritilganda ham ozgarishsiz qolgan. Keyinchalik tizimni makro birlashmalarga aylantirilgan va xozirgi xolatga yetib kelgan. Biz foydalanayotgan LaTeX tizimini Lesli Lemport (Leslie Lamport) tomonidan tashkil etilgan.
Xozirda LaTeX bilan birgalikda PlainTEX, AMS-TEX kabi ilovalar ham keng foydalanilmoqda. PlainTEX asosan murakkab matnlarni qayta ishlash va boshqa ilovalarga matnlarni otkazishni yengillashtiruvchi ilova sifatida qollaniladi. U ham Donald Knut tomonidan yaratilgan.
LaTeX paketi yordamida turli korinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili royxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qoshimcha paketlar ham bor bolib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli korinishga keladi.
Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX
2
Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *. tex kengaytmaga ega boladi. Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, Maple, Mathematica, Maxima yoki Reduce kabi amaliy paketlarda yaratilgan hujjatni *. tex formatga otkazish imkoniyati mavjud.
Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida yuklab olish mumkin bolgan imkoniyatlari keltirilgan:
· Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish;
· Xatboshi, sozlar orasidagi bosh joylarni avtomatik aniqlash;
Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish;
· Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar boglanishlarni tasvirlash;