Karimov Boxodir Xoshimovich - Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma стр 2.

Шрифт
Фон

Bansi mustaqil ravishda yuqoridagi shartlarga javob beruvchi platani yaratishga qaror qildi. Bansi ozining xodimlari bilan sodda, ochiq va talaba va yoshlar chontagiga bob 30 dollor atrofidagi qurilma yaratishni maqsad qilib qoydi. Ular boshqa ishlab chiqaruvchilardan farqli, chiqiqlarni iqtisod qilmasdan ularni kopaytirdi va rangini odatiy yashil rangdan farqli kok rangda qilishga qaror qildi. Ular tomonidan tayyorlangan qurilma arzon va koplab topiluvchi komponentlardan iborat bolib, ATmega328 mikrokontrolleri bazasida tayyorlangan. Ularning asosiy maqsadlaridan biri foydalanuvchi plug-and-play prinsipiga kora qurilmani qutidan olib, kompyuterga ulagan zamon ishga tushishi kerak edi. Birinchi prtotatipi 2005 yili tayyorlanib, oddiy dizaynga ega bolib Arduino deb nomlandi. Keyinchalik Massimo Bansi Ivrea shahrida joylashgan ozining bari nomiga qurilmani «Arduino» deb nomladi. «Arduino» brendi hech qanday reklamasiz va marketingni talab qilmasdan internet orqali ommabop boldi.

Boshlanishda 250 mingta Arduino komplekti sotildi. Dunyoda Arduino mahsuloti bilan katta kompaniyalar SparkFun Electronicsdan tortib to kichik kompaniyalar shugullanuvchilar distribyutorlar soni 200dan ortiq. Hozirda Arduino platformasi bitta bolmasdan, bir qator oilasi mavjud. Ozlarining loyihalarida Arduino UNO, yangi quvvatli muhitga ega bolgan modellardan, Arduino Mega, kompat modeli Arduino Nano, suv otkazmaydigan qutiga joylashtirilgan  LilyPad Arduino, Cortex  M3 ARM 32 razryad protsessorli Arduino Due yangi versiyalari mavjud.

Arduinoda loyihalar yaratishda Processing tilidan va Wiring platformasidan foydalandi. Arduino platformasi yaratilishi natijasida foydalanuvchi uchun qulay muhit yaratildi. Arduino yaratilgungacha mikrokontrollerni programmalashtirish uchun koplab mehnat qilish kerak edi. Arduino yaratilishi natijasida elektron qurilmalar boyicha tajribaga ega bolmasdan ham, elektronika olamiga kirish mumkin. Havaskor kop vaqt sarf qilmasdan qisqa vaqt ichida ishchi holatdagi qurilmalarni loyihalashi va ishlatishi mumkin.

Massimo Bansi fikricha 50 yil oldin programmani yozish uchun oq holatdagi bir qator programmistlardan iborat bolgan komanda va elektron lampalarni biluvchi mutaxasislar kerak edi. Arduino yaratilishi natijasida, koplab insonlar uchun mustaqil holda loyihalarini yaratish imkoni yuzaga keldi. Elektronikaga qiziqqan inson Arduino platformasi yordamida ozining yangi loyiha va qurilmalarini yaratish imkoni yuzaga keldi.

I -bob. ARDUINO PLATASINING VERSIYALARI

Arduino platasining bir qator versiyalari mavjud. Arduino platasining asosiy versiyalarining modellari qoyidagilar:

1. Due  Cortex-M3 ARM SAM3U4E mikroprotsessori 32-bit ARM bazasi asosidagi plata;

2. Leonardo  ATmega32U4 mikrokontrolleri asosidagi plata;

3. UNO Arduino platformasi asosidagi eng kop qollaniladigan versiya;

4. DuemilanoveATmega168 yoki ATmega328 mikrokontrollere asosidagi plata;

5. Diecimila Arduino USB platformasi asosidagi versiya;

6. Nano  maket sifatida ishlovchi kompakt platforma. Nano kompyuteri USB Mini  B kabeli orqali ulanadi;

7. Mega ADK  na Android telefoni va boshqa USB interfeysli qurilmalarda aloqani USB-host interfeysini qollovchi Mega 2560 versiyali plata;

8. Mega 2560  USB-port orqali ketma-ket ulanuvchi ATMega8U2 chipi asosidagi ATmega 2560 mikrokontrolleri bazasidagi plata;

9. Mega  ATmega 1280 mikrokontrolleri bazasidagi Mega seriyali versiyasi;

10. ArduinoBT  programmalashtirish va simsiz aloqa uchun Bluetooth moduli platforma;

11. LilyPad  tabiiy tola materiallariga biriktiriluvchi platforma;

12. Fio  simsiz uzatish uchun moljallangan platforma. Fio XBee radio uchun ulash uyasi, LiPo batareyasi zaryadlash uchun ulash uyasi mavjud;

13. Mini  eng kichik Arduino platformasi;

14. Pro  tajribali qollanuvchilar uchun yaratilgan platforma bolib, katta proektlarni yaratish imkoni mavjud;

15. Pro Mini  Pro platformasi singani, tajribali qollanuvchilar ishlab chiqilgan bolib, uning narxi arzon, olchami kichik va qoshimcha funksiyalari mavjud.

1.1. ProMini Arduinosi

Arduino Pro Mini (1.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.


1.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi


1.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasining xarakteristikalari keltirilgan.



Arduino Pro Mini FTDI kabel orqali taminlanadi, yoki VCC chiqiq orqali

3,3V yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqiq orqali boshqarilmaydigan manba orqali taminlanadi.

Taminlash chiqiqlari:

1. RAW  boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;

2. VCC  3,3V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;

3. GND  yerga ulash chiqiqlari.

1.2.Nano Arduinosi

ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri Nano platformasi (1.2-rasm), ATmega 328 (ArduinoNano 3.0) yoki asosida tuzilgan, bolib kichik olchamga va u laboratoriya ishlarida qollaniladi. Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish olinishi mumkin yoki boshqarilmaydigan 620V (30 chiqiq) yoki boshqariluvchi 5V (27 chiqiq), tashqi taminlash manbasidan olinadi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.


1.2-rasm. Nano Arduino platasi


Nano Arduino platasining xarakteristikalari 1.2-jadvalda keltirilgan.


1.3. UNO Arduinosi

UNO Arduino platformasi ATmega328 (1.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinsida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.


1.3-rasm. UNO Arduino platasi


UNO Arduino platasining xarakteristikalari 1.3-jadvalda keltirilgan.


1.4. Mega Arduinosi

Mega Arduinosi Atmega 2560. (1.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.


1.4-rasm. Mega Arduino platasi


Mega Arduino platasining xarakteristikalari 1.4-jadvalda keltirilgan.


2-bob. ARDUINO PROGRAMMALARI VA DRAYVERLARINI YUKLASH

Arduino platformasi bilan ishni boshlashdan oldin, Arduino va USB kabelning programmasini internetdan foydalanib yuklab olish zarur. Bu programmalar bepul yuklab olinadi. Pullik versiyalari ham mavjud.

2.1. IDE Arduino ishlash muhitini yuklab oling

Arduino-elektron konstruktor bolib, professionallar va havaskorlarga elektron qurilmalarni tezda yaratish uchun qulay platforma. Platformani keng tarqalishiga sabab, uning programmalashtirish tilining qulayligi, arxitektura hamda programmalashtirish kodining ochiqligi. Programmalashtirsh programmatorsiz amalga oshiriladi.

Arduino platasi chiroyli kok rangda. Arduino kichik shaxsiy kompyuter bolib, virtual olamdan fizik olamga chiqib, muhit bilan tasirlashadi. Arduino bazasidagi qurilmalar turli xil datchiklar orqali tashqi muhitdan informatsiya oladi, shu bilan birga bajaruvchi qurilmalar bilan bajariladi.

Arduino asosidagi loyihalar mustaqil ishlaydi yoki kompyuterining programmasi bilan ozaro tasirlashadi.

O«quv qollanmasida keng tarqalgan Arduino versiyalari (Nano, UNO, Mega) bilan tanishamiz.

Arduino UNO bir qator asosiy ishlab chiqilgan platalardan bolib, (Mega, Nano va h.z.), ATmega328 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan. Uning asosiy yutuqlaridan biri, uning keng tarmoqlarni qollab quvvatlashi hamda universalligidir.


2.1-rasm. Kompyuterlarning operatsion sistemalari


Arduino UNO 14 kirish va chiqish raqamli portlari mavjud bolib, undan oltitasidan SHIM signallari olinadi Shu bilan birga oltita kirish analog portlari mavjud. 16 MGsli generator, USB port, taminlash manbasining uyasi (razyomi), tashlab yuborish knopkasi, ICSP razyomi mavjud.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3