Elektronika asoslari
O'quv qo'llanma
Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharrir Sa'lim Madraximovich Otajonov
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Boxodir Xoshimovich Karimov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Tuzatuvchi Boxodir Xoshimovich Karimov
Tuzatuvchi Ibratjon Xatamovich Aliyev
Taqrizchi, fiziko-matematika fanlari doktori, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti professori Salim Madraximovich Otajonov
Taqrizchi, fiziko-matematika fanlari doktori, Farg'ona Politexnika Instituti "Fizika" kafedrasi professori Nomonjon Sultonov
© Boxodir Xoshimovich Karimov, 2023
ISBN 978-5-0059-0721-9
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
Kirish
Elektronika fani universitet va texnika oliy oquv yurtlarining «Texnologiky talim», «Fizika» «asbobsozlik», «elektronika va mikroelektronika» yonalishidagi oqiyotgan bakalavr talabalari uchun asosiy kurs xisoblanadi.
«Elektronika asoslari» oquv qollanmasida etarli darajada rasmlar, grafiklar, jadvallar va malumotnomalar berilgan.
PF-60-son 28.01.2022.
20222026 yillarga moljallangan yangi Ozbekistonning taraqqiyot strategiyasi togrisida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish masalasiga davlat siyosati darajasiga kotarilgan. Taraqqiyot strategiyasining asosiy masalalaridan biri bolib, hamma soxalarida, jumladan, elektronika, xisoblash texnikasi, radiotexnika, robototexnika va informatikada soxada raqobatbardosh kadrlarni tayorlashdan iborat.
Shu munosabat bilan elektronikaning zamonaviy element bazasini koz oldiga keltiruvchi, elektron asboblarining tugun va sxemalaridagi barcha qismidan otayotgan jarayonlarni oquvchiga tushuntiruvchi, yukori darajali mutaxassis pedagog kadrlar va muxandis kadrlar tayyorlashga talablar ortib bormokda. «Oliy va orta maxsus talim Nizomi» da kelajak okituvchi, tarbiyachilar, muxandislarga eng zamonaviy bilim va yaxshi tayyorgarlik berish kerak deb, takidlab otilgan.
Universitet va texnika oliy yurtlarida «elektronika asoslari kursi», «radioelektronika», «radioelektron qurilmalar ishlab chikarish texnologiyasi», «Radioelektronikadan amaliy mashgulot», «mikroprosessor texnikasi» va boshqa fanlar qatori asosiy talabaga politexnik tayyorgarlikni beradi.
Yakin kelajakda fizik, texnologik, biologik, ximik va kibernetikizlanishlarni kompleks qollab, elektronikada katta muvaffakiyatlarga erishilishni pedagoglari nazarda tutish kerak.
Elektronika ozining rivojlanish jarayoni va REA ning qiyofasiga katta tasir kilib, zamonaviy sanoat va qishloq xojaligi, ilmiy tekshirish va medisinada; maishiy xizmat va transportda, oqitish usulublarni takomillashtirish va aloqa vositasi xamda inson faoliyatining hamma soxalarida printsipial yangi asbobyaratish imkonini beradi. Biz quyida zamonaviy elektronika rivojlanishning ayrim soxalarni keltiramiz.
Mikroelektronika. Qurilmalarning istemol ener giyasini kamaytirish va ishlashda ishonchlilikni orttirishda, minityurizasiya kilish, xozirgi zamon mikroelektronikasini rivojlanishdagi asosiy tendentsiyasi, bolib katta (bis) va ota katta (SBIS) integral mikrosxemalarni yaratilishi elektron tugunlar va diskret radiodetallar blokini almashtirish imkonini beradi. Sxemalarni keyingi miniatyurizasiyasi elektronika, xisoblash kurilmasi va magnit yozuvchi kurilmalarining takomillashishiga, oldindan berilgan funktsiyali yangi asboblar yaratilishiga revolyusion tasir korsatadi. Shuni aytish kerakki, xozirgi texnologiyada bitta yarim otkazgichli kristallda milliontagacha radiodetallar bolgan bis lar yaratish mumkin.
Optoelektronika. Xozirgi zamon optoelektrinikada katta sigimli, tez ishlovchi, yuqori xalaqitlardan muxofaza qilingan tolalar optikasi liniyalarini yaratishda fundamental izlanishlar olib borilmoqda. Bunday liniya orqali bir vaktning ozida 10000 gacha telefon aloqalar, 10 kanalgacha bulgan yuqori aniqlikda rangli televideniya signallarini jonatish mumkin. Optoelektronikada yoruglik nurlarining fazo boyicha modulyasiya printsipi qollaniladi. Bu asosda quyidagi vakuumsiz elektron «qurilmalar» yaratiladi: optoelektron kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar, yassi ekranli rangli televidenie, juda katta informasion tablo va x. z. Xozirda optoelektron xotiralovchi (optik xotiralovchi) disklar yaratildi xamda takomillashtirish boyicha yangidan-yangi izlanishlar olib borilmoqda.
KRIOGEN ELEKTRONIKA. Past (kriogen) temperaturadagi xodisalardan foydalaniladi, yaxni bunda metall va qotishmalarning ota otkazuvchanligi, izolyatorlarning dielektrik kirituvchanligini elektr maydon va boshqalarga bogliqligi tushuniladi. Bunday xodisalardan kriogen Triggerlar, ota keng polosali kvant kuchaytirgichlari, elektr signallarining liniya tutqichlari va x.z asboblar yaratishda foydalaniladi. Shuni aytib otish kerakki, kriogen asosida mantiqiy va xotiralovchi funktsiyalarni bajaruvchi bis larni xam yaratish mumkin. Elektron asbob ornatilgan bolib, uning yordamida milliard yoruglik yili masofasidagi kosmik fazosini organish imkonini beradi.
MAGNIT ELEKTRONIKA. Bu juda kichik toyingan magnitlanuvchan materiallarni vujudga kelishi, uning asosida yupqa plyonkali magnit qurilmalar ishlab chiqarilishiga, magnit plyonkalar, kommutasion qurilma, magnit yarim otkazgichlar va x.z ni yaratilishiga olib keldi. Uncha katta bolmagan magnit yarim otkazgichli kristallda mantiqiy elementlar, kommutasiyalovchi qurilmalar va xotiralovchi elementlarni xar-xil korinishlarini xosil qiluvchi bir necha ming sxemalar joylashtirish mumkin. Bu kristallarda hosil qilingan qurilmalar 3*106 bit/s tezlikda informasiyaga ishlov bera oladi, xotirasi esa bir santimetr kvadratga 105 li yozuv zichligi togri keladi.
Bioelektronika. Elektronikaning rivojlanishidagi yana bir yonalish bolib, tirik organizmning tarkibi va xayot faoliyatini, (shu jumladan insonni) taxlil qilishda, asab sistemasini organish, xar-xil jinsli buglanish (ximiyaviy maydon), magnit maydoni, inson tanasi va x.z.ni radionurlanish kabi muammolarini oz ichiga oladi. Elektro radiokardiogramma (EKG) dan farqli olaroq yurak ishlashi signalini aniqroq olchovchi magnitokardiogramma asbobini yaratish mumkin. Infarqizil (miokard) dan keyin yurak paylaridagi olgan qismlarni magnit maydonli kvant olchovchi asbobi qayd qiladi. Kam xalakitli radiopryomniklar yordamida inson tanasi ichidagi temperaturani radionurlanish yordamida aniklash mumkin. Bunday asbob yordamida xronik apendisit, opkalarni shabadalashi va x.z. ni diagnoz qilish mumkin. Inson issiqlik nurini olchab juda qiziq informasiyalarni olishi mumkin. Bu bio informasiyalaryordamida tomirlar xolati, organizmdagi shabadalash jarayoni va x.z. lar xaqida fikr yuritish mumkin. Bu ayniksa bolalar pediatriyasida katta axamiyatga chunki, sababi ular ozining kasalliklari xakida maxlumot bera olmaydilar.
Akustoelektronika. Elektronikaning bu yonalishi akustik va pxezoelektrik effektlarni elektr maydoni bilan tasirlashishiga asoslangan. Pxezoelektrik ozgartirgichlar, masalan, ulrtratovush liniyalarda elektr signallari tasirida akustik signallar xosil qiladi va aksincha. Barchamizki malumki, elektromagnit va akustik tolqinlarining tarqalish tezligi ozaro bir-biridan keskin farq qiladi, shunga asoslanib esa vaqt boyicha signallarni siljishi va ushlanib qolishini xosil qilish mumkin. Pezooelektrik yarim otkazgichlar elektr maydoni akustik tulqinlarga xam tasir kiladi. Bu esa teleradio qurilmalarning signallarini olchash imkonini beradi. Xozirgi vaqtda musiqani yuqori sifatda qayta eshittiruvchi qurilmalar yaratilgan.