Elektr va gaz payvandlash
Monografiya
Qodir Abdullayevich Botirov
Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharror Salim Madraximovich Otajonov
Taqrizchi, texnika fanlari nomzodi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi dosenti Yakub Usmanovich Usmonov
Taqrizchi, fizika-matematika fanlari nomzodi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi dosenti Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Xolidaxon To'lqinovna Aliyeva
Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev
Korrektor Boxodir Xoshimovich Karimov
© Qodir Abdullayevich Botirov, 2023
ISBN 978-5-0059-2149-9
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
KIRISH
Mustaqil Ozbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy oquv yurtlarimiz oldiga qoygan vazifalarining nechalik muvaffaqiyat bilan bajarilishi kop jixatdan bogliq. Chunki oliy pedogogik oquv yurtlari talabalarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish, maktablarda mehnat darslarini otish madaniyatiga asos soladi, oz kasbiga muxabbat uygota borib, bilim, konikma va malakalarini hosil qiladi.
«Talim togrisida» Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da uqtirib otilganidek, talabalarga zamonaviy politexnik talim, mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga yollash ishlarini orgatish, ularning bilim va kasbiy maxoratini hosil qilish muhimdir. Buning uchun maktablarda mehnat darslarini tashkil qilish uchun avvalo pedogogika oliy yurtlarida yaxshi jihozlangan oquv jihozlari, laboratoriya va oquv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli foydalanishni orgatish kerak boladi. Bolgusi mehnat darsidan dars beruvchi oqituvchi, oliy oquv yurtlarida olgan tajribasi, bilim va konikmalariga suyangan holda dars beradilar.
Minnatdorchilik: Ushbu uslubiy kurstmani tayyorlashda «Texnologik talim» yonalishi 3 kurs talabasi Ulugbek Mamadjonov matnlarni terishda, kompyuter grafikasi bilan ishlashda yaqindan yordam berdi.
MAVZU: «OQUV USTAXONALARIDA MEHNAT HAVFSIZLIGI TEXNIKASI VA YONGIN HAVFSIZLIGI»
MAQSAD: Oquv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yongin havfsizligi bilan tanishtirish.
AMALIY KONIKMALAR
mehnatni xavfsiz tashkil etish;
yonginga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
NAZARIY BILIMLAR
payvandlash ishlarini bajarishda shikastlanish turlari va sabablari;
shikastlanishning oldini oluvchi chora-tadbirlarni tarkibi;
elektrpayvandlash ishlarini bajarishda elektr xavfsizligi;
issiqlik va yoruglik nurlaridan saqlanish choralari;
zararli chang va gazlar zaharlanishdan saqlanish choralari;
ish joyini shamollatish (havoni tozalash) usullari;
elektr va gaz payvandlash jihozlarini ishlatish qoidalari;
jamokor (maxsus kiyim) va ularni kiyib yurish qoidalari;
yongin chiqishining asosiy sabablari;
yonginning oldini olish chora tadbirlari;
yonginni ochirishda birlamchi vositalardan foydalanish qoidalari;
yonginni bartaraf (ochirish) etishda ozini tutish qoidalari;
yongin chiqqanda odamlarni kochirish (evakuatsiya) rejalari
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MALUMOTLAR
Shikastlanish turlari. Eritib payvandlashda payvandchiga u yoki bu darajada havfli tasir qiluvchi quyidagi xolatlar mavjud:
insonning elektr zanjirni tok otkazuvchi qismiga tegishi natijasida elektr toki tasirida shikastlanishi;
elektr yoki nurlardan koz va terining ochiq yuzalarining shikastlanishi;
payvandlash jarayonida ajralib chiquvchi zararli gazlar, xonani changlar bilan ifloslanishi va har xil moddalar buglanishidan zaharlanishi;
payvandlashda metal va shlak tomchilaridan kuyishi;
bosim ostidagi gaz ballonlaridan notogri foydalanganda, yonuvchan moddalar saqlangan idishlarni payvandlaganda hamda yonuvchan va portlashga moil moddalar yaqinida payvandlagandagi portlashlar;
payvandlashda erigan metal va shlaklardan yonginlar chiqishi;
ogir buyumlarni payvandlashga tayyorlash va payvandlash jarayonidagi har xil turdagi mexanik xarakterga ega bolgan shikastlari;
Payvand choklarni gamma yoki rengen nurlari bilan nurlanishi.
Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish. Eritib payvandlashda payvandlash manbai sifatida kuchlanishi ozgarmas tokda 110 V, ozgaruvchan tokda 80 V va plazma yordamida payvandlash va kesishda 170200 V ishlatiladi. Shuning uchun ularda elektr yoyi uzilganda 0,5 sekund ichida tokni ochiruvchi avtomatik jihozlar bolishi shart.
Inson tanasining elektr qarshiligi turgun bolmaganligi sababli terining quruq xolatida qarshilik 800020000 OM ni tashkil etadi (qol nam bolganda, terining shikast joylarida qarshilik 4001000 OM gacha pasayadi). Xavfsiz kuchlanish 12 V gacha hisoblanadi (kochma yoritgich). Agar payvandchi tor xonada ishlayotgan bolsa va metal yuzalarining kop maydoni bilan aloqada bolsa, elektr tokidan shikastlanishni oldini olish uchun quyidagilarga:
· payvandlash transformatori va yoyi bilan bogliq hamma simlar mustahkam (ishonchli) izolatsiyalangan bolishi va payvandlash transformatorining qobigi sim orqali yerga ulangan bolishi;
· taminlash manbai qobigi, apparat qutisi, yordamchi elektr jixozlar yerga ulanishi;
· yerga ulanadigan simning kondalang kesimi 25 mm
2
· payvandlash jixozlarini ulash, ochirish, tamirlash ishlarini faqat navbatchi elektromanter tomonidan bajarilishi;
· taminlash manbalarida yuqori kuchlanishlarni ochiruvchi avtomatlardan qollanilishi;
· elektrod ushlagichning ishonchli tuzilishi, izolatsiyalangan bolishi ish jarayonida metal yoki payvandchining qoliga tok otkazuvchi qismlarni tegmasligi, elektrod ushlagich yuqori mexanik chidamlikga va 8000 ga yaqin elektrodni siqib (ushlab) turishga moljallangan bOlishi;
· yoritish manbai 12 v dan oshmasligi jamokor va qolqoplar butun va quruq bolishi, tor va yopiq joylarda ishlaganda rezina kalish va gilamcha ishlatilishiga rioya qilish shart.
Yuqorida aytib otilgan talablar bilan birga elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun yuqori kuchlanish zanjirining klemma va siquvchi boltlariga tegish, avtomat mexanizmlarining qopqoqlarini yechish, apparat qutisining eshiklarini ochish, transformatorlarini sozlash va boshqalar man etiladi.
Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish. Payvandlash yoyi yoruglik nurlarining manbai hisoblanib, uning nuri tasiridan koz 1015 soniyada nurlanib kuyishi mumkin. Uzoq muddat nur tasiridan koz qorachigining ishdan chiqishi va korish qobiliyati yoqolishi mumkin. Ultrabinafsha nurlari oftobning infraqizil nurlar kabi togridan togri tasiridan, koz qorachigini xiralashishiga va terini kuydirishga olib keladi. Yoy nurlari tasiri faqat payvandchiga emas, balki yordamchilarga ham zarar yetkazadi. Kozga xavfli jarohat yetishidan saqlash uchun albatta muxofazalovchi oyna tutilish kerak. Maska va shchitoklarga ornatilgan muxofazalovchi oynalarning tashqarisi oddiy oyna bilan yopiladi va erigan metal sachrashidan saqlaydi. Shchitoklar izolatsiyali materiallardan (fibra, fanera) tayyorlanadi. Ularning tashqi tuzilishi va olchamlari payvandchining yuzi va boshini muhofaza qilishi kerak.