Salim Madraximovich Otajonov - «Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bolgan metodi. Monografiya

Шрифт
Фон

«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bolgan metodi

Monografiya


Salim Madraximovich Otajonov

Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov

Muharrir Inomjon Uktamovich Bilolov

Taqrizchi, pedagogika fanlari nomzodi, Farg'ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti "Texnologik talim" kafedrasi dotsenti Ismail Karimov

Taqrizchi, Fargona viloyati pedagoglarini metodikalarga orgatish milliy markazi katta oqituvchisi Mamatov D. X.

Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov

Illustrator Salim Madraximovich Otajonov

Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muqova dizayni Xolidaxon Tulkinovna Aliyeva

Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev

Korrektor Boxodir Xoshimovich Karimov


© Salim Madraximovich Otajonov, 2022


KIRISH

Umumiy orta talim maktablarida texnologiya darslari maktabda eng ozoq vaqt otiladigan oquv fanlaridan biri hisoblanadi. Texnologiya oqituvchi rahbarligida oquvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar  mehnat faoliyati jarayonidan iborat bolib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqida bilimlarini hamda malum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy konikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yolida mehnat faoliyatiga qoshilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan oquv fanidir.

Bu fan umumiy orta talim maktablarida ozoq muddat, yani birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bolgan davr ichida oqitilishi bilan oquvchilar faoliyatida va maktab hayotida oziga xos muhim ahamiyatga egadir. Bunda texnologiya fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan kozlangan maqsad oquvchilarni jismoniy tomondan togri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yonaltirishdan iborat. Yuqorida aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qoyilgan aniq vazifalar mavjud.

Jumladan, 1-bosqichda 1-4-sinflardagi texnologiya darslarida oquvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan orni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qogoz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, oyinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat konikmalari shakllantiriladi.

2-bosqich darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari texnologiya va dizayn (yogochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari), servis xizmati (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda umumlashgan yonalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim korinishlari bolib, deyarli hamma sohalarda qollaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashgulotlarda oquvchilarga ishlab chiqarishning asosiy boginlari bolgan yogoch, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat konikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yonaltiriladi.

3-bosqichdagi texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bolib, ularda xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va rozgorshunoslik asoslari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash kabi sohalar boyicha nazariy tushunchalar beriladi va amaliy mehnat konikmalari singdiriladi. Umumiy orta Talim  maktabi oquvchilarini  tadbirkorlikga yunaltirish, shaxsiy ishlab chiqarish korxonalariga ega bulish, kichik va orta biznes  tadbirkorlik subektlariga ega bolish xakida tushunchalar  berish, iktisod fani bilan boglash masalalarin kiritish oquvchi dunyoqarashini rivojlantiradi.

Texnologiya fanining oqitilishida oqituvchi koproq  darslarni  ishlab chiqarish korxonalarida, ekskorsiya korinishida yoki sinfdan va maktabdan tashqari togarak, oquv tsexlari, korxona, muassasalarda   oddiy shogirdlikdan  korxona rahbarigacha bolgan  pogonalargacha kotarilgan  tadbirkorlar bilan  uchrashuvlar otkazish, davra suhbatlari  tashkil etib bolaning koz ongida bugungi kunda zamonaviy rahbar  korinishidagi shaxsni shakllantirish orqali oquvchilarga tushunchalar berib borish kerak.

Aynan mana shunday tadbirlar orqali oquvchilarning psixologik yosh orqalilarini hisobga olib  oquvchi eshitganidan kora, koproq korganini qiladi, degan psixologik yondashuvga amal qilinsa, maqsadga tezroq erishish mumkinligini korsatish yoki ayrim holatlarda tadbirkorlik subektini boshqaruvchisini yashash turmush tarzi aks etgan  videoroliklar orqali oquvchilarga motvattsiya berish usullaridan ham foydalanish  yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Pedagogik jamoa orasida liderlik  maqomiga ham ega  mumkin, Masalan, texnologiya darslarida qaysidir buyum yoki detalni tayyorlash jarayonini tushuntirishda, dastlab tayyorlanadigan buyumni texnalogik  xaritasini tayyorlashda bevosita rasm va chizmachilik  fanlaridan olingan bilimlarga suyanilishini, uning xajmini va olchovlarini olishda matematika va gemetriya fanlari bilan boglanishini, tayyorlanadigan detalni bikrligini taьminlashda maxsulotni ximiyaviy, fizikaviy va texnologik hossalarini yaxshi tushunish kerakligi, chunki, bu materiallarni tanlashda aloxida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, natijada mehnat unimdorligitni  oshirish, kam mehnat sarflab koproq natijaga erishish mumkinligini, bu natijani hisoblashda iktisod fanini ornini tushuntirib bersa, oquvchini koz ongida texnologiya fani oqituvchisi bir necha fanlarni ozlashtirgan ota bilimli shaxs sifatida namoyon boladi yoki texnologiya  fani oqituvchi  bolalarni  xatti-xarakatlari orqali ana shu sanab otilgan fanlarni oquvchilar kanday ozlashtirganliklarini bilib olishi mumkin va shu orqali fan oqituvchilariga taklif va fikrlarini berishi mumkin, shuni natijasida texnologiya fanini oqitilishida barcha fanlar  muhim ekanligini korsatish mumkin.

Amalda umumiy orta talim maktablarining asosiy vazifasi  oquvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib,  maktablarning oquvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi , bugungi kun talabi ekanligini  davlatimiz rahbari ozlarining xar bir chikishlarida takror takror  aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan  bitiruvchilar  kamida  1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda  Xalk taьlimi vazirligiga hamda  Madaniyat vazirligiga qator  topshiriqlar berdilar.

Ваша оценка очень важна

0
Шрифт
Фон

Помогите Вашим друзьям узнать о библиотеке

Скачать книгу

Если нет возможности читать онлайн, скачайте книгу файлом для электронной книжки и читайте офлайн.

fb2.zip txt txt.zip rtf.zip a4.pdf a6.pdf mobi.prc epub ios.epub fb3